Xulosa

diplom ish


Xulosa.
Har birimizning hayotimizda axborot olamining ahamiyati tobora kuchayib borayotgani kundek ravshan. «Infosfera» (axborot olami) olis manzillarni yaqinlashtirib, oraliqdagi masofalarni qisqartirmoqda. Mazkur olamda insoniyat tarixining barcha bilimlari jamlangan. Bizdan esa “Infosfera”ning kirish eshigi, undan foydalanish imkonini beruvchi asosiy kalit – internetni bilish talab etiladi, xolos.
Bu maqolamiz ta’lim va fan sohasida tobora ahamiyati ortib borayotgan, jahon bilim omborining asosiga aylanayotgan elektron kutubxonalarga dahldor. Elektron kutubxona — internetning ajoyib imkoniyatlaridan biridir.Aytish joizki, elektron kutubxona so‘zi bilan Virtual kutubxona, e-kutubxona, e-library, digital library kabi tushunchalarning ma’nosi bir xil.
Virtual kutubxonaning o‘zi nima? Kutubxona deganda, odatda, ko‘plab kitoblar terib quyilgan, uzun kitob javonlari joylashgan zallarni ko‘z oldimizga keltiramiz. Elektron kutubxona resurslari esa kompyuter xotirasiga joylangan bo‘ladi. Bu kutubxona ma’lumotlari elektron ko‘rinishda bo‘lib, kompyuterda raqamli formatda, maxsus kompyuterlar — Serverlarda joylashadi. Elektron kutubxonadan foydalanish uchun kompyuter, modem va internet tarmog‘i bo‘lishi yetarli. Biz esa shu kutubxona joylashgan internet manzilini bilsak kifoya. Elektron kutubxonada mas’ul mutaxassislar ma’lumotlarni muntazam ravishda kompyuterga kiritadi va yig‘adi.