Показаны сообщения с ярлыком Kirituvchi qurulmalar xaqida ma`lumot. Показать все сообщения
Показаны сообщения с ярлыком Kirituvchi qurulmalar xaqida ma`lumot. Показать все сообщения

Kiritish-chiqarish qurilmalari



I.BOB Kiritish-chiqarish qurilmalari

1.1. Monitorlar va LSD displeylar
           
Monitorlar axborotni aks ettirishning juda muhim qurilmalaridir. Katta sondagi videostandartlar bo‘lgani kabi hozirgi vaqtda mavjud monitorlar tiplari ham rang-barangligi bilan ajralib turadi.

Raqamli (TTL) monitorlar.
TTL inglizcha Transistor Transistor Manic atamasining qisqartmasi bo‘lib, o‘zbekchada  tranzistor-tranzistor manikasini anglatadi. TTL atamasi elektron texnikasida qo‘llaniladigan raqamli mikrosxemalar standart talqinsini anglatadi. Har doimgidek, raqamli texnikada, signallar faqat ikkita:
Mantiqiy “1”va “0” holatga ega.

Monoxromli monitorlar ( MDA).
TTL-monitorlar haqida so‘z borganida, ko‘pincha monoxromli monitorlar ko‘zda tutilib, ularni boshqarish signallari  MDA yoki Hercules kartalari tomonidan shakllantiriladi. Monoxromli deganidan tushunarliki, ekrandagi nuqta faqat yorqin yoki qora rangli bo‘lishi mumkin. Yaxshi holda nuqtalar yana o‘zlarining intensivliklari bilan farqlanib turishi lozim.

Raqamli RGB-monitorlari (CGA, EGA, VGA).

RGB-raqamli monitorlar (Red/Green/Blue – qizil/yashil/ko‘k) asosan EGA standartdagi kartaga ulanish uchun mo‘ljallangan. Bunday tuzilmalar 16 ta raqamlarni gradatsiyasini aks etishga imkon beradigan monoxrom rejimda ham ishlaydilar. Shaxsiy kompyuterlar paydo bo‘lganidan beri, bir necha standartlar o‘zgaradi: MDA (monoxrom), CGA (4 ta rang), EGA (16 ta rang), VGA (256 ta rang). Hozirgi kunda qator standart qiymatlardan ekran kengaytmasini to‘g‘ri tanlash imkoniyatiga ega bo‘lgan, 16,7 mln ranglarni tasvirlay oladigan SVGA monitorlari ishlatilmoqda.





Monitorlarning ishlash tamoyillari.

Rastr shakllanishi.



8.1-rasm
Start Elektron – nurli trubka asosidagi monitorni ishlash tamoyili oddiy televizor ishlash tamoyilidan ozgina farq qiladi (8.1 rasm). Katod (elektron to‘plari ) orqali chiqariladigan elektronlar to‘plami lyuminofor bilan qoplangan ekranga tushib nurlanish hosil qiladi. Elektronlar to‘plami yo‘lida odatda qo‘shimcha elektrodlar joylashgan bo‘ladi: elektronlar to‘plami tezligini va u bilan bog‘liq tasvir yorug‘ligini to‘g‘rilovchi modulyator va to‘plam yo‘nalishini o‘zgartirish imkoniga ega bo‘lgan, og‘diruvchi tizim. Kompyuter monitori (hamda televizor) ekranida har qanday matnli yoki grafik tasvir piksel deb ataluvchi tasvir (rastr) ining  minimal elementini ifodalovchi lyuminofor ning ko‘plab diskret nuqtalaridan iboratligiga e’tibor beramiz. Bunday monitorlar rastrli deb ataladi. Bu holatda elektron nur butun ekranni doim skanerlab turadi va yoymaning yaqin joylashgan qatorlarini hosil qiladi. Modulyatorga uzatiladigan videosignal qatorlari bo‘yicha nurni harakat qilishi yorug‘lik ravshanligini o‘zgartiradi va ba’zi bir ko‘rinadigan tasvirni tashkil etadi. Monitor qobiliyati gorizontal va vertikal bo‘yicha aks eta oladigan tasvirlarning elementlari soni bilan aniqlanadi, masalan: 640х480 yoki 1024х768 piksellar. Rastorni shakllantirish uchun monitorda maxsus signallar ishlatiladi. Skanerlash davrida nur siniq chiziq tarzidagi traektoriya bo‘yicha chap yo‘qori burchakdan o‘ng quyi burchakkacha harakat qiladi. Gorizontal bo‘yicha nurning to‘g‘ri yurishi qatorli yoyma signali bilan, vertikal bo‘yicha esa kadrli yoyma signali bilan amalga oshiriladi. Nur qatorni chetdagi o‘ng nuqtasidan, keyingi qator chetdagi o‘ng nuqtasidan, keyingi qator chetdagi chap nuqtasiga (nurni gorizontal bo‘yicha qayta yurishi) o‘tishi va ekranni oxirgi qatorini chetdagi o‘ng holatida birinchi qator chetdagi chap holatiga (nurni vertikal bo‘yicha qayta yurishi) o‘tishi maxsus qayta yurish signallari bilan amalga oshiriladi. Shunday qilib, monitor uchun eng muhimi quyidagi parametrlar hisoblanadi: yoymaning (kadrli) chastotasi, yoymaning gorizontal(qatorli) chastotasi va videosignalni o‘tkazish chizig‘i.

Rangli tasvir shakllanishi

Rangli monitorda rastrni shakllanish tamoyili monoxromnikiga o‘xshaydi. Biroq rangli tasvirni shakllanish usuli asosiga rangli ko‘rishni boshqa muhim xususiyatlari kiritilgan bo‘lib,masalan,bularda biri: rangli o‘zlashtirishni uch komponentliligidir. Bu barcha ranglar uchta yorug‘lik oqimlarini, masalan, qizil, ko‘k va yashilni qo‘shish (aralashtirish) yo‘li bilan olish mumkinligini bildiradi. Bu esa rangli televizorlarda va monitorlarda ranglarini additiv aralashtirish usulini qo‘llash imkonini berdi. Ushbu usulni ekranga uchta asosiy ranglarni ekran yuzini qoplash sharti bilan bir vaqtda uzluksiz tasvirlash yo‘li bilan ko‘rsatish mumkin. Uchta asosiy ranglarni birgalikda ishlatib, rangni qabul qilishni uch komponentli nazariyasiga muvofiq rang tuslarini kerakli gammasini olish imkoni tug‘ildi. Asosiy ranglarni – qizil, ko‘k va yashil – ma’lum proporsiyalarda aralashtirilsa, rasmda ko‘rsatilgan ranglar hosil bo‘ladi.


8.2-rasm
Rangli fazoviy o‘rtalatish. Agar rangli tasvirda rangli detallar yaqin joylashgan bo‘lsa, unda uzoq masofadan biz alohida detallarni rangini farqlay olamiz. Butun guruh ranglarni aralashtirish qonuniga muvofiq bir rangga bo‘yalgan bo‘ladi. Tasvirning bu xususiyati monitorni elektron – nurli trubkasida lyuminofor donachalari yonida joylashgan uchta rang yordamida  tasvir bitta elementining rangini shakllanish imkonini beradi. Odamni ko‘rish qobililayi xususiyatlariga muvofiq rangli monitorning elektron – nurli trubkasida alohida  boshqarish sxemalariga ega bo‘lgan  uchta elektron to‘plari lari mavjud. Ekranni ichki tomoniga esa uchta asosiy ranglar lyuminofori: qizil - R (Red), ko‘k – B (Blue) va yashil – G (Gren) o‘rnatilgan. Shu tarzda har to‘plari  lyuminoforni faqat o‘zini rangiga “otishi” kerak. Buning uchun har bir rangli kineskopda soyaviy maska yoki apertuar panjara mavjud.Ular to‘plarini nurlari faqat muvaffaq rangdagi lyuminofor nuqtasiga tushishi uchun hizmat qiladi. Soyaviy maska kineskopni ichki yuziga qo‘yilgan nuqtalarga muvofiq teshiklar tizimiga ega bo‘lgan invar nomli (bu material juda kichik kengayishli koeffiseyentga ega) maxsus materialdan bo‘lgan metall plastinalardan yasalgan.
Apertuar panjara soyaviy maskadagi teshiklar bajaradigan funksiyani bajaruvchi tirqichlar tizimidan tashkil topgan. Talab etiladigan yechimni hal qilish uchun zarur bo‘lgan lyuminofor nuqtalarini miqdori ekran hajmiga bog‘liq. 
Nuqtalarni qancha ko‘p joylashtirish kerak bo‘lsa va ekran qancha kichik bo‘lsa, nuqtalarni shuncha zich joylashtirishga to‘g‘ri keladi.


8.3-rasm
Electron nurlar
Electron linzalar
Elejtron to‘plar
Ekranniichkiyuzidalyuminofornuqtalarinikattaligiqanchakichikbo‘lsa, monitordatasvirnitiniqligishunchayo‘qoribo‘ladi. Bu nuqtalar o‘lchovi, aniqrog‘I ular orasidagi o‘rtacha masofasi donachalar deb ataladi. Monitorlarni turli rusumlarida bu o‘lchov 0,25 dan 0,41 mm gacha bo‘lgan diapazonda joylashgan. Biroq yaxshi monitorlar uchun bu diapazon ancha qisqaradi - 0,28 mm      gacha.


8.4-rasm


8.5-rasm


1.2.            Monitorlar tavsifnomasi
Monitor ekranini diagonali
Monitor ekranining diagonali deb ekranni chap quyi va o‘ng yo‘qori burchaklar orasidagi masofaga aytamiz. Monitor ekrani o‘lchovi 14 – dyuymli (36 sm), 15 – dyuymli (39 sm), 17 – dyuymli (44 sm), 19 – dyuymli (49 sm) va 21 –Apertuar maska
Regeneratsiya chastotasi.
Tasvirni regeneratsiyalash (yangilash) chastotasi, monitordagi tasvirni soniya davomida necha marta to‘liq o‘zgartira olishini ko‘rsatadi (shuning uchun kadrlar chastotasi deb ham atashadi). Bu o‘lchov nafaqat monitorga, balki videoadapter sozligi va xususiyatiga ham bog‘liq bo‘ladi. Ammo baribir oxirgi imkoniyatini monitor aniqlab beradi. Regeneratsiya chastotasi gersda (Gts) o‘lchanadi. U qancha yo‘qori bo‘lsa, tasvir shuncha aniq va mustahkam bo‘ladi. Ko‘z kamroq charchaydi, kompyutyerdan uzoqroq ishlash imkoni bo‘ladi. Regenerasiya chastotasi 60 Gts bo‘lganda, tasvirni pirillashi darrov ko‘rinadi. Bugungi kunda bunday narsaga yo‘l qo‘yilmaydi. Minimal 75 Gts, normativ – 85 Gts va – 100 Gts va undan ortig‘i qulay hisoblanadi.
Ekran kattaligi.
Ekran kattaligi parametrlarni eng muhimi hisoblanadi. U qancha yo‘qori bo‘lsa, ekranda shuncha ko‘p ma’lumotlar aks ettirsa bo‘ladi, ammo har bir alohida nuqtaning o‘lchami shuncha kam bo‘ladi. Kichik hajmdagi monitorda oshirilgan kattalikni qo‘llash, tasvir elementlari noaniq bo‘lishi sababli hujjat va dasturlar bilan ishlashda ko‘rish organlarining toliqishiga olib keladi. Kattaliklarni pasaytirish tasvirni kattalashib ketishiga olib keladi.Ammo ekranga ular sig‘maydi. Shunday qilib, har bir monitor o‘lchovi uchun, videoadapter ta’minlab beruvchi, ekranning o‘z kattaliklari mavju
8.1 jaadval
Monitor o‘lchovi
Ekanni optimal kattaligi
14 dyuym
640х480
15 dyuym
800х600
17 dyuym
1024х768
19, 21 dyuym
1280х1024
Rang kattaligi (rang to‘qligi)
Rang kattaligi ekranni har bir nuqtasi qabul qila oladigan turli xil tuslarni sonini aniqlaydi. Maksimal kiritilgan rang kattaliklar videoadapter xususiyatiga va birinchi navbatda undagi o‘rnatilgan videoxotira soniga bog‘liq bo‘ladi. Undan tashqari, u ekranning belgilangan kattaligiga ham bog‘liq bo‘ladi. Ekranning yuqori kattaligida, tasvirning har bir nuqtasiga videoxotirada kamroq joy ajratishga to‘g‘ri keladi.
Berilgan ekran kattaligiga va rang to‘qligiga qarab, quyidagi formula orqali videoxotira hajmini aniqlash mumkin:
Р=
Р – videoadapter xotirasini zarur hajmi;
m – ekran (nuqtalar) gorizontal kattaligi;
n – ekran (nuqtalar) vertikal kattaligi;
b – rangni kodlash razryadi;
bugungi kunda ranglar to‘qligining asosiy talabi – 256 ta rang. Ko‘p dasturlar 65 ming rangni talab qiladi (High Color tartibida).
Ekran maskasi.
Tasvir sifati soyaviy maskani ishlatilishini turiga va tavsifnomasiga bog‘liq. Bu yerda maska oralig‘idagi masofani o‘lchaydigan o‘lchov birligi sifatida millimetr ishlatiladi. 14 dyuymli 0,28  mm maskali monitor uchun taxminan 600000 teshik bo‘ladi. Teshiklar orasida masofa qancha kichik bo‘lsa, teshiklar qancha ko‘p bo‘lsa, tasvir sifati shuncha yuqori bo‘ladi.
Muhofaza sinfi.Monitorni muhofaza sinfi xavfsizlik texnikasi talablari nuqtai nazaridan monitor muvoffiqlik standarti bilan aniqlanadi. Hozirgi kunda quyidagi halqaro standartlar qabul qilingan: MPR-II, TCO-92, TCO-95, TCO-99. MPR-II standarti inson uchun xavfsiz bo‘lgan elektromagnit nurlari darajasini cheklaydi. ТСО-92 standartida bu me’yorlar saqlanib qoldi, ТСО-95 va ТСО-99 standartlarida bu me’yoarlar qat’iylashgan. Ergonomik va ekomanik me’yorlar birinchi bo‘lib   ТСО-95 da paydo bo‘lgan. ТСО-99 standarti esa tasvir sifatini (yorug‘lik aks etishi, jimillashi, qobiqni dog‘larga qarshi xususiyati) aniqlovchi parametrlarni qat’iy me’yorlarini kiritdi
Dog‘ga qarshi qobiqlar.
Hamma monitorlar dog‘ga qarshi qobiqqa ega bo‘lishi kerak. Ekran yuzida bunday xususiyat bo‘lmasa, monitorda ma’lumotlarni o‘qish qiyin bo‘ladi. Ekran yuzi cheklansa, qum zarralari bo‘lgan pistolet yordamida nazoratlanadi. Bunday usul faqat arzon monitorlar uchun tavsiya etiladi. Uning kamchiligi shundaki, ekranda grafika va rasmlar aniq bo‘lmaydi, tasvir yoyilgan bo‘ladi. Kineskopni qoplashning eng yaxshi yo‘li - dog‘ga qarshi qatlam bilan qoplash. Bunday holatda elektron nurli trubkani ekran yuziga kimyoviy modda surtiladi, buning natijasida yorug‘lik uning yuzida aks etolmaydi.

1.3.            Suyuq kristalli displeylar

Ba’zi bir kompaniyalar yassi indekatsion panellarni ishlab chiqaruvchilardan texnologiyani o‘rganib, suyuq kristalli displeylar ishlab chiqishdi.Bu displeylar LCD displey (Liquid-Crystal Display) deb ataladi. Ularda dog‘siz yassi ekran va kam ishlatiladigan quvvat (bunday displeylarning ba’zi rusumlari 5 Bt ishlatishadi, elektron – nurli trubkali monitorlar esa, - 100 Bг ishlatishadi) mavjud. Rang uzatish sifati bo‘yicha faol matritsali suyuqkristalli panellar hozirgi kunda elektron nurli trubkali monitorlar rusumlaridan o‘zib ketyapti. Shuni aytib o‘tish kerakki, suyuq kristalli ekranlarning qobiliyati elektron nurli trubkalarga qaraganda sust va ular qimmatroq turadi. Suyuqkristalli displeylarni bir necha turlari mavjud, bular: passiv matritsali rangli, aktiv matritsali rangli (analogli) va aktiv matritsali rangli (raqamli) eng zamonaviy displey. Suyuq kristalli ekranda poryarizatsion yorug‘lik filtri ikkita alohida yorug‘lik to‘lqin tug‘diradi va faqat qutblanish tekisligi uni o‘ziga parallel bo‘lgan to‘lqinni o‘tkazadi. Suyuq kristalli monitorda, birinchi o‘qiga perpendikulyar qilib ikkinchi yorug‘lik filtrni joylashtirsak, yorug‘lik o‘tishini to‘liq bartaraf etishimiz mumkin (ekran to‘q qora bo‘ladi). Ikkinchi filtr qutblanish o‘qini aylantirsak, ya’ni yorug‘lik filtri o‘qlar orasidagi burchakni o‘zgartirsak, yorug‘lik energiyasini o‘tuvchanlik sonini, ya’ni ekran yorug‘ligini ham o‘zgartirishimiz mumkin bo‘ladi.
Rangli suyuq kristalli ekranida tasvirni har bir pikseliga uchta yacheykasi bo‘lgan yana bir qo‘shimcha yorug‘lik filtri bor – qizil, yashil va ko‘k nuqtalarni aks etish uchun bittadan yacheyka yorug‘lik to‘lqini suyuq kristalli yacheyka orqali o‘tadi, lekin har bir rang o‘z yacheykasiga ega.   
Suyuqkristallar sterjen sifatli molekulalarni ifodalaydi, ularni xususiyati suyuqlikka o‘xshaydi.Bu suyuqlik o‘zidan yorug‘likni bemalol o‘tkazadi, uni qutblanish tekisligi optik o‘qiga parallel, ammo, molekulalar elektr zaryadi ta’siri ostida o‘z yo‘nalishini o‘zgartiradi.Bir vaqtda bundan o‘tuvchi yorug‘lik to‘lqinni qutblanish tekisligi yo‘nalishi o‘zgaradi. Biroq monoxrom suyuq kristalli monitorda rang filtri mavjud emas, unda bo‘linishning bir elementiga kul rang gradatsiyasini uzatish uchun bir nechta suyuq kristalli monitorlarda har bir yacheyka yorug‘ligi bilan tranzistor orqali o‘tuvchi elektr zaryadi (aniqrog‘I kuchlanish) boshqaradi. Tranzistorlarning nomerlari ekran matritsasidagi mazkur yacheykaning qator va ustunining raqamiga teng bo‘ladi. Tranzistorlar sonini (ustin va qatorlar bo‘yicha) ekran kattaligi aniqlaydi. Masalan, 800Ч600 kattalikdagi ekran gorizontal bo‘yicha 800 va vertikal bo‘yicha 600 ta tranzistorga ega. Yacheyka keladigan kuchlanish impul’siga shunday ta’sir qiladiki, o‘tuvchi yorug‘lik to‘lqinining qutblanish tekisligi buriladi, bunda kuchlanish qancha yuqori bo‘lsa, burilish burchagi ham katta bo‘ladi. Yacheykani barcha kristallarini to‘liq o‘zgarishi, masalan, yoqilgan holatiga muvofiq bo‘ladi va tasvirning maksimal kontrastini aniqlaydi. Shunday qilib, qo‘shni yacheykalarning qutblanish tekisligini yo‘nalishlarida o‘zgarishlar qancha katta bo‘lsa, tasvirning kontrasti shuncha yuqori bo‘ladi. Passiv matritsali suyuq kristalli monitor yacheykasiga pul’slovchi kuchlanish uzatiladi, shuning uchun ular tasvir yorug‘ligi bilan aktiv matritsali suyuq kristalli monitordan qolib ketadi. Aktiv matritsali suyuq kristalli monitorlarni har  bir yacheykasiga doimiy kuchlanish beriladi. Tasvir yorug‘ligini ba’zi bir konstruksiyalarda yaxshilanishi uchun boshqaruv usuli ishlatiladi. Uni ikkilamchi skanerlash deyishadi va uning uskunasi – ikkilamchi skanerlashli suyuq kristalli monitorlardir (double-scan LCD). Ekran mustaqil ishlaydigan ikkita bo‘lakka (yuqori va quyi) bo‘linadi. Bu yacheykaga tushadigan impul’slar orasidagi intervallarni qisqarishiga olib keladi.
Ikkilamchi skanerlash tasvir yorug‘ligini oshiribgina qolmay, ekran reaktsiyasi vaqtini ham tushiradi, chunki yangi tasvir yaratilishiga vaqtni qisqartiradi. Shuning uchun ikkilamchi skanerlash suyuqkristalli monitorlar tez o‘zgaradigan tasvirni yaratish uchun, masalan, televizion tasvir uchun ko‘proq to‘g‘ri keladi. Aktiv matritsali suyuq kristalli monitorlarda har bir yacheykani alohida tranzistor xarita boshqaradi.Masalan, 1024Ч768 aktiv matritsali displey 786 432 tranzistorlarga ega. Bu passiv matritsali suyuq kristalli monitorlarga qaraganda, tasvirning yuqori yorug‘ligini ta’minlaydi, chunki har bir yacheyka impul’sli emas, balki doimiy elektr maydoni ta’siri ostida bo‘ladi. Bunda, albatta, aktiv matritsa ko‘proq energiya sarflaydi. Bundan tashqari, har bir yacheyka uchun alohida tranzistor kaliti mavjudligi bunday asboblarni ishlab chiqarilishini murakkablashtiradi va ularni qimmatbaho qiladi.
Aktiv matritsada bo‘lganidek, passiv matritsali suyuqkristalli monitorlarda ham ikkinchi qutblangan yoryg‘lik filtri yacheyka orqali o‘tuvchi yorug‘lik miqdorini boshqaradi. Yacheykalar yorug‘lik filtri orqali o‘tadigan qutblash tekisligiga iloji boricha yaqin o‘tadigan qilib yorug‘lik to‘lqinini qutblash tekisligini qaytaradi. Har bir yacheykada yorug‘lik qancha ko‘p bo‘lsa, piksel shuncha yorug‘ bo‘ladi. Monoxromli (oq-qora) suyuq kristalli monitorlarda kulrang gradatsiyasi (CI gacha) yoki yacheyka yorug‘ligi o‘zgarishi hisobiga, yoki bitta pikselga muvaffaq bo‘lgan yoqilgan va o‘chirilgan yacheykalar miqdori orasidagi mutanosibligi hisobiga yaratiladi. Rangli suyuq kristalli monitorlarda bir pikselga uchta yacheyka to‘g‘ri keladi va ularning yorug‘ligini boshqargan holda ekranda tasvirni turli rangliligiga erishish mumkin. Hozirgi kunda passiv matritsali va ikkilamchi skanerlashli suyuq kristalli monitorlarkeng tarqalgan, chunki tasvir sifati bo‘yicha aktiv matritsali suyuq kristalli monitorlarga yaqinlashtirib olindi, ammo oddiy passiv matritsali suyuq kristalli monitorlarga qaraganga uncha qimmat emas.
Aktiv matritsali monitorlarni ishlab chirarishda uchraydigan jiddiy muammo chiqish nazoratida braklash foizi yo‘qori: panellarda ishlamaydigan yacheykalar haddan tashqari ko‘p  topiladi (asosan tranzistorlar buzilgani uchun). Bu ularni ancha qimmatlashtiradi, chunki braklangan mahsulot qiymati sifatli mahsulot qiymatiga kiradi.
Eng yaxshi rangli displey – aktiv matritsali displeylardir, yoki har bir pikselni uchta tranzistor (qizil, yashil va kko‘k rang uchun) boshqaradigan ingichka plyonkali tranzistorlardir (TFT). Aktiv matritsali monitorlar tasvir yorug‘ligi bo‘yicha passiv displeylardan oshadi, shuning uchun ulardagi tasvir burchak ostida yaxshi ko‘rinadi.
Hozirgi kunda suyuqkristalli monitorlar nafaqat portativ kompyuterlarda faol ishlayapti, balki stol usti tizimlarda ham qo‘llanila boshladi. Ularni elektron nurli trubkali monitorlardan bir qator faziolatlari ajratib turadi:
·          Ma’lumot aks etishi uchun monitor ekranining butun yuzi ishlatiladi. Masalan, 17 dyuymli suyuqkristalli monitorlarda ko‘rish doirasi – 17 dyuym, elektron nurli trubkali monitorlarda esa faqat 15 dyuym.
·         Ish joyini tejashga imkon beradigan kichik chuqurligi.
·         Kam energiya ishlatadi, natijada issiqlik kam chiqaradi.
·         Suyur kristalli monitorlarda lyuminoforni “kuiyshiga” ga moyil emas.
·         Dizaynerlarni xursand qiladigani, monitorni 900 ga burish mumkinligi.
 Suyuqkristalli monitorlarni sotib olishdan oldin barcha kamchilik va yutuqlarini hisobga olish kerak. Bu monitorlarni keng tarqalmasligiga sabab – ularning yo‘qori narxi (ammo kompyuter apparatlarini ta’minlashga taaluqli narxi doim tushib turadi)

Klaviaturalar bilan ishlash



II-BOB Klaviaturalar bilan ishlash.

2.1Klaviatura bilan ishlash ko’nikmasini xosil qilish.
Klaviatura - kompyuterning eng muhim qurilmalaridan biri bo‘lib, tizimga buyruqlar va ma’lumotlarni kiritish uchun ishlatiladi. Mazkur Bobda PC-moslashuvchan kompyuterlari uchun klaviaturalarning eng muhim tiplari qaraladi. Gap ularning ishlash tamoyillari, tizimning boshqa qismalri bilan o‘zaro bog‘liqligi, shuningdek, nosozliklarni izlash va bartaraf etish haqida bormoqda.
     PS ning birinchi rusumini ishlab chiqargan vaqtidan buyon, IBM firmasi kompyuter klaviaturasining uchta toifasini, Microsoft esa yana bir toifani ishlab chiqdi.
    Ular sanoat standartlariga aylandi va deyarli barcha ishlab chiqaruvchilar shularga amal qilishdi. Windows 95 paydo bo‘lishi bilan 101 klavishli klaviaturaning modulyatsiyalangan talqini yaratildi va u Windowsning 104 klavishli kengaytirilgan klaviaturasi nomini oldi.
      Klaviaturaning quyidagi asosiy toifalari mavjud:
 
·   101 klavishli kengaytirilgan klaviatura ;
·   104 klavishli kengaytirilgan Windows klaviaturasi ;
·   83 klavishli PC va XT klaviaturasi ;
·   84 klavishli AT klaviaturasi.
 
104 klavishli klaviatura eng mashxur bo‘lib, u 8.6- rasmda ko‘rsatilgan 
 
 


 
 
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
 
 
 

 
 
8.6-rasm. 104 klavishli klaviatura
2.2. Plastmassa  shtirli klaviatura. 
Arzon klaviaturalar yasash uchun plastmassa va rezinadan foydalaniladi. Har bir klavish tagida yo‘qoriga vertikal yo‘naltirilgan palstmassa shtir bo‘lib, uning pastki qismi rezinaning metal bilan aralashmasidan tayyorlangan tamg‘a shaklida ishlangan. Bu rezina tamg‘aning  pastida, yo‘nalish va kontakt maydonchalari bo‘lgan plastina joylashgan, va u panel korpusga burab o‘rnatilgan. Klavish bosilganda tamg‘a bu kontakt maydonchalar bilan bir-biriga tegiladi, shu tufayli zanjir yopiladi, bu esa klaviatura nazoratchisi orqali talqin etiladi.
      Shiqillatmali (chertishli) klaviatura. Bunday klaviatura klavishni bosganda, u qanchalik chuqur bosilsa,bu klavishning mexanik qarshiligi  shuncha yo‘qori bo‘ladi . Bu qarshilikni yengish uchun ma’lum kuch  sarflash lozim, shundan so‘ng klavish yengil bosiladi. Shu yo‘l bilan bir qiymatli kontakt ta’sir etiladi. Klavish bosish va qoyib yuborish shiqillatish (chertish) orqali bajariladi, nomi ham  shundan kelib chiqqan.  
Mikroo‘chirib - yoquvchilar va gerkonlar
Mikroo‘chirib - yoquvchili va  gerkonli klaviaturalar shiqillatmali klaviaturalarga o‘xshash harakteristikalarga ega. Biroq mikroo‘chirib - yoquvchilar  katta mustahkamligi va uzoq xizmat muddati bilan tavsiflanadi.Gerkonli  (germetik kontaktli) klaviaturalar  yana ham yaxshiroq ishlaydi, ular ferromagnit materialdan tayyorlangan (plastina shaklidagi) prujina kontakti va germetiklangan  shisha ballonga joylashtirilgan o‘chirib - yoquvchidan iborat. Kontaktlar ballon tashqarisiga  o‘rnatilgan elektromagnit magnit maydoni ta’sirida bir-biriga teginadi (yoki ajraladi) 
Sensorli klaviatura. 
Sensorli klaviatura ish tamoyili sezgir elementga qo‘yilgan potensiallar ayirmasining kuchayishiga  asoslangan. Bu elementlar soni klavishlar soniga  mosdir. Sezgir elementlar sifatida tok o‘tkazuvchi kontakt maydonchalar, masalan, bitta to‘g‘ri to‘rtburchak yoki bir-biridan unchalik katta bo‘lmagan oraliq bilan ajratilgan ikkita to‘g‘ri to‘rtburchak  shaklidagi maydonchalardan foydalanilgan. Kontakt maydonchalarga barmoq bilan teginganda statik potensial maxsus sxema bilan kuchaytiriladi, uning chiqshida odatdagi mexanik klaviaturaning   klavishi bosilganda shakllanadigan signalga o‘xshash signal shakllanadi. Sensorli klaviaturalarda   hech bir mexanik elementlar yo‘qligi uchun (an’anaviy klavishlar o‘rnida sezgir elementlar ishlatiladi ) va u yoki ”klavish” bosilganligi haqidagi axborot  faqat elektronika yordamida shakllanganligi uchun ular mustahkam bo‘ladi. Biroq shuning hisobiga sensorli klaviaturalarning  elektron sxemasi murakkabroqdir .
 
 
Maxsus klaviaturlar
ma’lumotlarni kiritish jarayonining samaradorligini oshirish uchun mo‘ljallangan. Bunga klaviatura shaklini o‘zgartirish, uning klavishlarini taqsimlash yoki tizim blokiga ulash yo‘li bilan  erishiladi. Ergonomika talablarini   hisobga olib, maxsus shaklda tayyorlangan klaviaturalar  ergonomik klaviaturalar deb nomlanadi. Ularni ko‘p sondagi berilgan axborotni kiritish uchun mo‘ljallangan ish o‘rinlarida  qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Ergonomik klaviaturalar teruvchining ish unumdorligini oshirib va ish kuni davomida umumiy toliqishni pasaytiribgina qolmay bir qator kasalliklar, masalan, qo‘l bo‘g‘inlari tunnel sindromi va umurtqaning yo‘qori bo‘g‘inlari osteoxondrozi rivojlanishining ehtimolligini  kamaytiradi va rivojlanishining oldini oladi.
   Standart klaviaturalar klavishlarining taqsimotini optimal taqsimot deb bo‘lmaydi. uzoqdir .Ular mexanik yozuv mashinalarining  ilk namunalarini saqlab kelmoqda. Hozirgi vaqtda optimal taqsimotli klaviaturalarni ishlab chiqarishning texnik imkoniyatlari mavjud va bunday qurilmalarning namunalari bor  (xususan, bular jumlasiga Dvorak klavishi mansubdir ), biroq nostandart taqsimotli klaviaturani amaliy joriy etilishi, u bilan ishlash uchun maxsus o‘tish lozimligi sababli,o/z yechimini topmagan. Amaliyotda bunga o‘xshash klaviaturalar bilan maxsus ish o‘rinlari jihozlanadi. Tizim blokiga ulanish usuli bo‘yicha liniyali va liniyasiz klaviaturalar mavjud. Liniyasiz tizimlarda axborotni uzatish infraqizil nur bilan amalga oshiriladi. Bunday klaviaturalatrning odatdagi ish radiusi bir necha metrni tashkil etadi.
     Ulash uchun ulanish joylari:
·   5 kontaktli Baby-AT tizimli platali PC-moslashuvchan  kompyuterlarda  
·   6 kontaktli mini-DIN PC/2 kompyuterlarida va  2PX, ATX,NLX tizim platali kompyuterlarning  ko‘pchilik ishlatiladi.
 

 
8.7-rasm.Klaviaturani ulash uchun ulanish .

2.3 Klaviatura haqida umumiy ma’lumot

 
Keyingi vaqtda kompyuterga, klaviaturaning standart portlari o‘rniga USB universal ketme-ketli shinasi yordamida ulanadigan klaviaturalar ommalashib bormoqda. USB universal shina bo‘lganligi uchun u odatdagi parallel va ketma-ket portlarni, shuningdek, klaviatura va sichqoncha  portlarini muvaffaqiyat bilan almashtirishi mumkin. Hozirgi vaqtda barcha tizimlar  USB bilan ham, standart portlar bilan ham ishlab chiqarilmoqda. Kelgusida aftidan kompyuterlar faqat USB shinasini qo‘llasa kerak.

 

Klaviatura – kompyuterga buyruq va axboratlarni kiritish qurilmasi. Tugmalari soniga ko’ra ctandart (84) va kengaytirilgan (101) klaviaturalari mavjuddir. Bundan tashqari, klaviyaturalar lotin harflarining joylashuviga ko’ra ham farqlanadi: amerika va angliya standarti –QWERTY, fransuz standarti-AZERTY.


Klaviaturadagitugmalarvazifasi
Foydalanuvchitomonidankompyutergaaxborotkiritishuchunmo'ljallangan.Albatta, modeliga qarab tugmalarining soni va joylashishi klaviaturalarda farqlanishi mumkin.  Lekin bir xil tugmalarining vazifasi har xil klaviaturalarda bir biriga mos keladi. Klaviaturaning asosiy tugmalari va ularning vazifalari bilan batafsil tanishib chiqamiz:
 [ESC] – tugma -aynan bajarilayotgan harakatlarni to'xtatadi;
[F1]…[F12] – funksional tugma, dasturchi (foydalanuvchi) mo'ljaliga ko'ra dasturlanadi.
[PrScr] (PRINT SCREEN) – bu tugmadan foydalanib ekrandagi tasvirni to'laligicha bosmaga chiqarish mumkin.
[SCROLL LOCK] – vaqtincha to'xtatish.
[BREAK] – bu tugmadan faqat [CTRL] tugmasi bilan hamkorlikda qo'llaniladi. [CTRL – BREAK] tugmalarini bir vaqtda bosish bajarilayotgan buyruq yoki dasturni tugallashni bildiradi.
 [CAPS LOCK] – bosh harflarni foydalanishni belgilab qo'yish uchun. [CAPS LOCK] ni bosilganda klaviaturaning o'ng tepa qismida joylashgan xabar chiroqchasi yonib qoladi. [CAPS LOCK] tugmani qayta bosish bosh harflardan foydalanishni bekor qiladi.
Ba'zan [CAPS LOCK] bu tugmani boshqa maqsadlar, misol uchun, rus alfavitiga o'tish uchun ishlatiladi.
 [Shift] – klaviaturaning yuqorigi registrida joylashgan bosh harflar va boshqa simvollarni kiritish uchun qo'llanadi. Masalan, «d» kichik harfini kiritish uchun, «D» tasvirlangan tugmani bosish kerak, agar «D» bosh harfini kiritmoqchi bo'lsangiz [Shift] ni bosib, qo'yib yubormay turib «D» tugmasini bosasiz. 
[CTRL] – o'z holicha ishlamaydi, klaviatura imkoniyatlarini kengaytirish uchun qo'llaniladi.
[ALT] – bu tugma ham analogik holatda ishlaydi. [CTRL] va [ALT] tugmalarini Windows 98 da qo'llanishini biz amaliy mashg'ulotlarda ko'rib o'tamiz.
[Backspace] ([Enter] tugmasi tepasida chapga strelka) – kursordan chapda joylashgan simvollarni yo'qotish uchun.
[Enter] – «kiritish» tugmasi
[Ins] – simvollarni qo'yish va o'zgartirish uchun qo'llanadi. (simvollarni o'chirmasdan almashtiradi).
[Del] – tugmasi ustida kursor joylashgan simvollarni yo'qotish uchun qo'llanadi.
[Home] – kursorni chap va qator boshiga qo'yish uchun ishlatiladi.
[End] – kursorni o'ng va ekranni pastki burchagiga o'tkazadi.
[PgUp] – betlarni tepaga o'tkazishga, to'g'ri yo'nalishda varaqlash uchun.
[PgDn] – betlarni pastga varaqlash uchun.
 

- bu tugma kursorni boshqarishga mo'ljallangan,  kursorni kerakli yo'nalishi tanlab bosilsa shu yo'nalishda harakatlanadi.
[Space] – bu tugma klaviaturaning pastki qismida joylashgan bo'lib, [Alt] tugmalari oralig'ida, bo'sh joy (probel) qoldirish deb ataladi.