Klaviaturalar bilan ishlash



II-BOB Klaviaturalar bilan ishlash.

2.1Klaviatura bilan ishlash ko’nikmasini xosil qilish.
Klaviatura - kompyuterning eng muhim qurilmalaridan biri bo‘lib, tizimga buyruqlar va ma’lumotlarni kiritish uchun ishlatiladi. Mazkur Bobda PC-moslashuvchan kompyuterlari uchun klaviaturalarning eng muhim tiplari qaraladi. Gap ularning ishlash tamoyillari, tizimning boshqa qismalri bilan o‘zaro bog‘liqligi, shuningdek, nosozliklarni izlash va bartaraf etish haqida bormoqda.
     PS ning birinchi rusumini ishlab chiqargan vaqtidan buyon, IBM firmasi kompyuter klaviaturasining uchta toifasini, Microsoft esa yana bir toifani ishlab chiqdi.
    Ular sanoat standartlariga aylandi va deyarli barcha ishlab chiqaruvchilar shularga amal qilishdi. Windows 95 paydo bo‘lishi bilan 101 klavishli klaviaturaning modulyatsiyalangan talqini yaratildi va u Windowsning 104 klavishli kengaytirilgan klaviaturasi nomini oldi.
      Klaviaturaning quyidagi asosiy toifalari mavjud:
 
·   101 klavishli kengaytirilgan klaviatura ;
·   104 klavishli kengaytirilgan Windows klaviaturasi ;
·   83 klavishli PC va XT klaviaturasi ;
·   84 klavishli AT klaviaturasi.
 
104 klavishli klaviatura eng mashxur bo‘lib, u 8.6- rasmda ko‘rsatilgan 
 
 


 
 
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
 
 
 

 
 
8.6-rasm. 104 klavishli klaviatura
2.2. Plastmassa  shtirli klaviatura. 
Arzon klaviaturalar yasash uchun plastmassa va rezinadan foydalaniladi. Har bir klavish tagida yo‘qoriga vertikal yo‘naltirilgan palstmassa shtir bo‘lib, uning pastki qismi rezinaning metal bilan aralashmasidan tayyorlangan tamg‘a shaklida ishlangan. Bu rezina tamg‘aning  pastida, yo‘nalish va kontakt maydonchalari bo‘lgan plastina joylashgan, va u panel korpusga burab o‘rnatilgan. Klavish bosilganda tamg‘a bu kontakt maydonchalar bilan bir-biriga tegiladi, shu tufayli zanjir yopiladi, bu esa klaviatura nazoratchisi orqali talqin etiladi.
      Shiqillatmali (chertishli) klaviatura. Bunday klaviatura klavishni bosganda, u qanchalik chuqur bosilsa,bu klavishning mexanik qarshiligi  shuncha yo‘qori bo‘ladi . Bu qarshilikni yengish uchun ma’lum kuch  sarflash lozim, shundan so‘ng klavish yengil bosiladi. Shu yo‘l bilan bir qiymatli kontakt ta’sir etiladi. Klavish bosish va qoyib yuborish shiqillatish (chertish) orqali bajariladi, nomi ham  shundan kelib chiqqan.  
Mikroo‘chirib - yoquvchilar va gerkonlar
Mikroo‘chirib - yoquvchili va  gerkonli klaviaturalar shiqillatmali klaviaturalarga o‘xshash harakteristikalarga ega. Biroq mikroo‘chirib - yoquvchilar  katta mustahkamligi va uzoq xizmat muddati bilan tavsiflanadi.Gerkonli  (germetik kontaktli) klaviaturalar  yana ham yaxshiroq ishlaydi, ular ferromagnit materialdan tayyorlangan (plastina shaklidagi) prujina kontakti va germetiklangan  shisha ballonga joylashtirilgan o‘chirib - yoquvchidan iborat. Kontaktlar ballon tashqarisiga  o‘rnatilgan elektromagnit magnit maydoni ta’sirida bir-biriga teginadi (yoki ajraladi) 
Sensorli klaviatura. 
Sensorli klaviatura ish tamoyili sezgir elementga qo‘yilgan potensiallar ayirmasining kuchayishiga  asoslangan. Bu elementlar soni klavishlar soniga  mosdir. Sezgir elementlar sifatida tok o‘tkazuvchi kontakt maydonchalar, masalan, bitta to‘g‘ri to‘rtburchak yoki bir-biridan unchalik katta bo‘lmagan oraliq bilan ajratilgan ikkita to‘g‘ri to‘rtburchak  shaklidagi maydonchalardan foydalanilgan. Kontakt maydonchalarga barmoq bilan teginganda statik potensial maxsus sxema bilan kuchaytiriladi, uning chiqshida odatdagi mexanik klaviaturaning   klavishi bosilganda shakllanadigan signalga o‘xshash signal shakllanadi. Sensorli klaviaturalarda   hech bir mexanik elementlar yo‘qligi uchun (an’anaviy klavishlar o‘rnida sezgir elementlar ishlatiladi ) va u yoki ”klavish” bosilganligi haqidagi axborot  faqat elektronika yordamida shakllanganligi uchun ular mustahkam bo‘ladi. Biroq shuning hisobiga sensorli klaviaturalarning  elektron sxemasi murakkabroqdir .
 
 
Maxsus klaviaturlar
ma’lumotlarni kiritish jarayonining samaradorligini oshirish uchun mo‘ljallangan. Bunga klaviatura shaklini o‘zgartirish, uning klavishlarini taqsimlash yoki tizim blokiga ulash yo‘li bilan  erishiladi. Ergonomika talablarini   hisobga olib, maxsus shaklda tayyorlangan klaviaturalar  ergonomik klaviaturalar deb nomlanadi. Ularni ko‘p sondagi berilgan axborotni kiritish uchun mo‘ljallangan ish o‘rinlarida  qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Ergonomik klaviaturalar teruvchining ish unumdorligini oshirib va ish kuni davomida umumiy toliqishni pasaytiribgina qolmay bir qator kasalliklar, masalan, qo‘l bo‘g‘inlari tunnel sindromi va umurtqaning yo‘qori bo‘g‘inlari osteoxondrozi rivojlanishining ehtimolligini  kamaytiradi va rivojlanishining oldini oladi.
   Standart klaviaturalar klavishlarining taqsimotini optimal taqsimot deb bo‘lmaydi. uzoqdir .Ular mexanik yozuv mashinalarining  ilk namunalarini saqlab kelmoqda. Hozirgi vaqtda optimal taqsimotli klaviaturalarni ishlab chiqarishning texnik imkoniyatlari mavjud va bunday qurilmalarning namunalari bor  (xususan, bular jumlasiga Dvorak klavishi mansubdir ), biroq nostandart taqsimotli klaviaturani amaliy joriy etilishi, u bilan ishlash uchun maxsus o‘tish lozimligi sababli,o/z yechimini topmagan. Amaliyotda bunga o‘xshash klaviaturalar bilan maxsus ish o‘rinlari jihozlanadi. Tizim blokiga ulanish usuli bo‘yicha liniyali va liniyasiz klaviaturalar mavjud. Liniyasiz tizimlarda axborotni uzatish infraqizil nur bilan amalga oshiriladi. Bunday klaviaturalatrning odatdagi ish radiusi bir necha metrni tashkil etadi.
     Ulash uchun ulanish joylari:
·   5 kontaktli Baby-AT tizimli platali PC-moslashuvchan  kompyuterlarda  
·   6 kontaktli mini-DIN PC/2 kompyuterlarida va  2PX, ATX,NLX tizim platali kompyuterlarning  ko‘pchilik ishlatiladi.
 

 
8.7-rasm.Klaviaturani ulash uchun ulanish .

2.3 Klaviatura haqida umumiy ma’lumot

 
Keyingi vaqtda kompyuterga, klaviaturaning standart portlari o‘rniga USB universal ketme-ketli shinasi yordamida ulanadigan klaviaturalar ommalashib bormoqda. USB universal shina bo‘lganligi uchun u odatdagi parallel va ketma-ket portlarni, shuningdek, klaviatura va sichqoncha  portlarini muvaffaqiyat bilan almashtirishi mumkin. Hozirgi vaqtda barcha tizimlar  USB bilan ham, standart portlar bilan ham ishlab chiqarilmoqda. Kelgusida aftidan kompyuterlar faqat USB shinasini qo‘llasa kerak.

 

Klaviatura – kompyuterga buyruq va axboratlarni kiritish qurilmasi. Tugmalari soniga ko’ra ctandart (84) va kengaytirilgan (101) klaviaturalari mavjuddir. Bundan tashqari, klaviyaturalar lotin harflarining joylashuviga ko’ra ham farqlanadi: amerika va angliya standarti –QWERTY, fransuz standarti-AZERTY.


Klaviaturadagitugmalarvazifasi
Foydalanuvchitomonidankompyutergaaxborotkiritishuchunmo'ljallangan.Albatta, modeliga qarab tugmalarining soni va joylashishi klaviaturalarda farqlanishi mumkin.  Lekin bir xil tugmalarining vazifasi har xil klaviaturalarda bir biriga mos keladi. Klaviaturaning asosiy tugmalari va ularning vazifalari bilan batafsil tanishib chiqamiz:
 [ESC] – tugma -aynan bajarilayotgan harakatlarni to'xtatadi;
[F1]…[F12] – funksional tugma, dasturchi (foydalanuvchi) mo'ljaliga ko'ra dasturlanadi.
[PrScr] (PRINT SCREEN) – bu tugmadan foydalanib ekrandagi tasvirni to'laligicha bosmaga chiqarish mumkin.
[SCROLL LOCK] – vaqtincha to'xtatish.
[BREAK] – bu tugmadan faqat [CTRL] tugmasi bilan hamkorlikda qo'llaniladi. [CTRL – BREAK] tugmalarini bir vaqtda bosish bajarilayotgan buyruq yoki dasturni tugallashni bildiradi.
 [CAPS LOCK] – bosh harflarni foydalanishni belgilab qo'yish uchun. [CAPS LOCK] ni bosilganda klaviaturaning o'ng tepa qismida joylashgan xabar chiroqchasi yonib qoladi. [CAPS LOCK] tugmani qayta bosish bosh harflardan foydalanishni bekor qiladi.
Ba'zan [CAPS LOCK] bu tugmani boshqa maqsadlar, misol uchun, rus alfavitiga o'tish uchun ishlatiladi.
 [Shift] – klaviaturaning yuqorigi registrida joylashgan bosh harflar va boshqa simvollarni kiritish uchun qo'llanadi. Masalan, «d» kichik harfini kiritish uchun, «D» tasvirlangan tugmani bosish kerak, agar «D» bosh harfini kiritmoqchi bo'lsangiz [Shift] ni bosib, qo'yib yubormay turib «D» tugmasini bosasiz. 
[CTRL] – o'z holicha ishlamaydi, klaviatura imkoniyatlarini kengaytirish uchun qo'llaniladi.
[ALT] – bu tugma ham analogik holatda ishlaydi. [CTRL] va [ALT] tugmalarini Windows 98 da qo'llanishini biz amaliy mashg'ulotlarda ko'rib o'tamiz.
[Backspace] ([Enter] tugmasi tepasida chapga strelka) – kursordan chapda joylashgan simvollarni yo'qotish uchun.
[Enter] – «kiritish» tugmasi
[Ins] – simvollarni qo'yish va o'zgartirish uchun qo'llanadi. (simvollarni o'chirmasdan almashtiradi).
[Del] – tugmasi ustida kursor joylashgan simvollarni yo'qotish uchun qo'llanadi.
[Home] – kursorni chap va qator boshiga qo'yish uchun ishlatiladi.
[End] – kursorni o'ng va ekranni pastki burchagiga o'tkazadi.
[PgUp] – betlarni tepaga o'tkazishga, to'g'ri yo'nalishda varaqlash uchun.
[PgDn] – betlarni pastga varaqlash uchun.
 

- bu tugma kursorni boshqarishga mo'ljallangan,  kursorni kerakli yo'nalishi tanlab bosilsa shu yo'nalishda harakatlanadi.
[Space] – bu tugma klaviaturaning pastki qismida joylashgan bo'lib, [Alt] tugmalari oralig'ida, bo'sh joy (probel) qoldirish deb ataladi.