Xulosa



                                                                                             Xulosa.

Klaviatura - kompyuterning eng muhim qurilmalaridan biri bo‘lib, tizimga buyruqlar va ma’lumotlarni kiritish uchun ishlatiladi. Mazkur Bobda PC-moslashuvchan kompyuterlari uchun klaviaturalarning eng muhim tiplari qaraladi. Gap ularning ishlash tamoyillari, tizimning boshqa qismalri bilan o‘zaro bog‘liqligi, shuningdek, nosozliklarni izlash va bartaraf etish haqida bormoqda.
Sichqoncha—alohida turdagi manipulyator bo‘lib, katta kategoriyadagi kompyuter dasturlari bilan ishlashni, ba’zi klavishlarni (masalan, kursorni ko‘chirish klavishini) unumsiz ko‘p qayta bosishni yo‘qqa chiqarib, optimallashtirish imkonini beradi. Sichqoncha o‘z nomini shakli va ish tamoyili  tufayli olgan: u kaftga oson ko‘chadi. Shaxsiy kompyuter bilan u ulanadigan kabel esa ilk konsturktorlarga  sichqoncha dumini eslatgan bo‘lsa, ehtimol. Puhta  o‘ylangan  konstruksiyasi tufayli sichqoncha SHK foydalanuvchilarining  grafik muharrirlar dasturiy paketlari, avtomatik loyixalash tizimlari, elektron jadvallarni boshqarish, stol usti nashr tizimlarini boshqarishda bebaho vositaga aylandi .