IV-BOB Iqtisodiy qism
4.1 Texnik xizmat
sarf xarajatlarini hisoblash
Masalan,
kinoproyektor 50 soat ishlagandan so’ng uning barcha qismlari ko’zdan
kechirilib, zarur bo’lsa ba’zi bir detallari almashtiriladi.
Shaxsiykompyuterlarishonchlivabeto’xtovishlashiuchunularningbuzulishioldiniolishkerak..
Kompyuter qurilmalari nosozliklar tufayli ishlamay qolishi mumkin.Shuning uchun
kompyuterni juda extiyot qilish lozim.Shaxsiy kompyuterlar dasturiy jixatdan
buzulsa uni maxsus litsenziyalangan sistemali disklar yordamida qayta
to`g`irlash mumkin. Bu esa o`z navbatida kerakli malumotlarning yo`qolishiga va
ko`p miqdordagi sarf harajatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Shuning uchun
kerakli malumotlarni disklarga olib qo`yish tavsiya etiladi.Kompyuterning fizik
resurslarining ko’p jixatdan buzilish katta-katta xarajatlarni keltirib chiqarishi
mumkin.
Kompyuterlarni tartibsiz foydalanish natijasida ko`pgina nosozliklarni
keltirib chiqarish mumkin. Kompyuterlarning elektr tarmog`idan taminlanishi
maxsus tizimni ko`zda tutishi kerak. Bu qutilmagan tasodiflar birinchi navbatda
elektr ta`minotini parametrlarining standartdan turlicha chetga og`ishidir.
Kutilmagan o`zgarish tufayli kompyuterga turli nosozliklar ba`zi hollarda ona
plata, mikroprotsessor, tezkor xotira va elektr toki bilan taminlash bloki
ishdan chiqish holatlari yuzaga kelishi mumkin. Bu qurulmalar kompyuterning
asosiy qismi bo`lib, ular juda qimmat turadi. Bu esa o`z navbatida katta-katta
sarf xarajatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Masalan ona platalarnig video
xotirasi kuyadigan bo’lsa albatta uni almashtirish lozim bu esa sizga qirq AQSH dollariga tushadi. Elektr toki o’chishi
oqibatida ham mikroprotsessorlar
buzilishi mumkin. Hozirgi paytda mikroprotsessorlar ham qimmat qurilma
hisoblanib oltmish ming so’mga yetib boradi.
Insonning
ish faoliyatida har kuni, har soatda qo’llaniladigan amaliy dasturlar paketlari har doim disklarda yoki ma’lumotni saqlovchi
qurilmalarda saqlanishi darkor. Chunki ba’zi hollarda kompyuter nosozliklari
bartaraf qilinishi natijasida ADPlarni yo’qotib qo’yishingiz mumkin.Uni qayta
o’rnatish agar ADP saqlangan disk o’zingizda mavjud bo’lsa osongina xech qanday
sarf-harajatsiz hal bo’ladi, aks holda esa mutaxassislarga murojaat qilinib, bu
katta sarf-harajatlarga sabab bo’lishi mumkin.
Kompyuterda bo’ladigan nosozliklarni oldini
olish maqsadida Sandra va Everest test dasturlarini yo’zib qo’yish hamda
kompyuterni, uning qismlarini, undagi dasturlarni testdan o’tqazib turish,
nosozliklar chiqib qolsa o’z vaqtida oldini olish kerak. Shundagina siz
o’zingizni texnik sarf-harajatlaringizni anchagina tejab qolishingiz mumkin.
Kompyuterlar, ularni ishlab chiqaruvchilar
hozirgi vaqtda juda ko’payib ketgan bo’lsada ularning narxi dunyo bozorida ham
bizning mamlakatimizda ham xech tushmayapti.Chunki kundan-kunga unga bo’lgan
talab ham optib bormoqda. Shu sababli kompyuter sotib olish, uni almashtirish,
ta’mirlash yoki modernizatsiya
qilish juda ko’p sarf-harajatlarni talab qiladi.
Agar siz kompyuterni, uning qurilmalarini, chop
qilish qurilmasini tanlashda, unga qog’ozni olishda xato qilmasangiz o’z sarf
xarajatingizni ancha tejagan bo’lasiz. Chunki quyida keltirilgan jadvaldan
hozirda kompyuter qurilmalarining taxminiy narxlarini bilib olasiz, undan siz
o’zingizga kerakli hulosa chiqarib olasiz deb o’ylaymiz.
Bu jadvalda kompyuter buzilib qolsa, uni
tuzatish, kerakli dasturlarni o’rnatish, kerakli qurilmalarni kompyuterga ulash
va ishga tushirish kabi ishlar uchun ketadigan sarf-harajatlar keltirilmagan.
Shuni aytib qo’yish joizki agar kompyuteringiz yoki uning biror
qurilmasi,xattoki uning operatsion tizimi ishdan chiqsa uni almashtirish va
o’rnatish kerak bo’lib qolsa bu hizmat turlari jauda katta sarf harajatga olib
keladi.
Shuning uchun biz yuqorida aytib o’tga
maslahatlarimizga rioya qilishingiz, unga vaqti-vaqti bilan qarab, profilaktika
ishlarini o’tkazib tursangiz kompyuteringizni , uning qurilmalarini tez
buzilashi, ishdan chiqishi oldini olgan bo’lasiz va bu bilan o’z sarf
harajatlaringizni ancha iqtisodiy jihatdan tejagan bo’lasiz.