Dasturlar va algoritmlar



2.3 Dasturlar va algoritmlar
Dasturlash tili nima ekanligini tushunish uchun, boshlanishiga har ikkala atamani tushunish talab qilinadi
·      Dasturlar
·      Algoritmlar
Agar talablar tahlili, ixtisoslashtirilgan reja va dizayn ishlab chiqish fazalari yakunidan so`ng (2.3.1 bobga qarang, kaskad modeli) amalga oshirish fazasi doirasida dasturiy ta’minotning to`ridan-to`ri «ishlab chiqarish» o`tkazilsa, unda amaliy jihatdan bu foydalanish yordamida yuz beradi.

Dastur deyilganda kompyuter bajarishi mumkin bo`lgan ishlab chiqarish – iqtisodiy yoki tabiiy ilmiy-texnik qo`yilishini tavsiflovchi komandalar va operatorlar ketma-ketligi tushuniladi. 

Ushbu komandalar va operatorlarni rasmiy tanishtirish, jumladan, 3-bobda tushuntirilgan tavsif elementlari yordamida amalga oshiriladi. Dasturiy mantiqiy chizmasi yokituzilma diagrammasidan aniq bo`ladiki, bundan kompyuterda alohida operatorlar yuzaga keladi va kompyuter uni qadamma-qadam o`qiydi va bajarib boradi.
Shu tarzda, to`la tuzilma diagrammasi (Struktogramm), shaklidagi alohida qadamlar tizimi loyihalanadi, u protsessorga qaror qilishning umumiy usulini ko`rsatib beradi. Bu erda gap algoritm tushunchasi haqida ketyapti.
Algorotimda protsessorni komandalarning aniq rostlangan ketma-ketligida bajariluvchi  ko`pgina oxirgi harakatlarga undaydigan operatorlar tizimi haqida ketadi.
Bunday algoritmlarda masalani echishning foydalanuvchi uchun o`ziga xos xususiyatlari paydo bo`ladi:
·      Algoritm alohida qadamlar ketma-ketligi yordamida tavsiflanadi.
·      Barcha qadamlar aniq bir xil ma’nolii, sodda va bajarilishi mumkin bo`lgan qadamlardan iborat bo`ladi.
·      Algoritmda  gap yo`l qo`yilgan kirish ma’lumotlarini chiqarish va ma’lumotlar miqdorini o`zgartirish haqida ketadi.
·      Ma’lumotlarning har bir yo`l qo`yilgan kirishida algoritm shunga yordam beradiki, juda ko`p alohida qadamlardan so`ng bajarish oxir oqibatda tugaydi.
·      Algoritm, agar u faqat o`sha bitta kirish ma’lumotlariga murojaat qilib, har doim o`sha bitta javobni bersa, aniq belgilangan (daterminallashgan) deb ataladi.
Qo`yilgan masalani echish yo`li algoritm tomonidan aniqlangan va tarkibiy diagrammasi yoki shunga o`xshash tasavvurlar shaklida vizuallashtirilgandan keyin dasturlash tillaridan birida dasturning boshlanich kodi tuzilishi mumkin bo`ladi.
Dasturlash tili haqida gap ketar ekan, gap kompyuter bilan aloqa uchun xizmat qiladigan sun’iy til haqida ketadi. U ma’lumotlar va algoritmlar tarkibini protsessor tushunishi va bajarishi mumkin bo`lgan boshlanich kod shaklida ta’riflash imkoniyatini beradi.
Demak, dastur ikkita narsani o`z ichiga oladi. Bu to`rida dasturni quyidagi alternativ ta’rifini berish mumkin. (H. Virt ta’rifi)
Dastur = algoritm + ma’lumotlar tarkibi.
Shunga o`xshash algoritmga yana bir quyidagi ta’rifni ham berish mumkin:
Qat’iy determinallashtirilgan qoidalar majmuasi algoritm deb ataladi.