ZARARKUNANDA DASTURLAR KLASIFIKATSIYASI



II-BOB. ZARARKUNANDA DASTURLAR KLASIFIKATSIYASI
2.1 Kompyuter viruslar va qurtlar (черви-worms) xaqida umumiy ma’lumot
VIRUSLAR VA QURTLAR
Kategoriya: viruslar va qurtlar (Viruses_and_Worms)
Xavflilik darajasi: yuqori
Klassik viruslar va qurtlar kompyuter foydalanuvchilariga ruxsat etilmagan amallarni bajarishadi  va o’zlarining nusxasini ko’paytirishadi.
Viruslar fayllarni xar-xil yo’llar bilan zaxarlashi mumkin.
Qaytayozuvchi (Overwriting) viruslar o’zlarining kodlarini zaxarlanadigan fayllarni o’chirib o’rniga o’zlarining nusxasini yozib qo’yadi. Zaxarlangan fayl o’z ish faoliyatini tugatadi va uni davolab bo’lmaydi.
Parazit (Parasitic) viruslar fayllarni o’zgartirib o’zlarining kodlarini yozib qo’yadi, zaxarlangan fayllar bazida qisman yoki to’liq ish qobilyati saqlanib qoladi.
Kompanion-viruslar (Companion)fayllarni o’zgartirmaydi, ammo ularning egizagini paydo qiladi. Zararlangan fayl ishga tushirilganda, birinchi original fayl xam ishga tushadi.
Ssilka-viruslari (Link) mavjud bo’lib, ular obyekt mobullarini zararlaydi (OBJ), bular kompilyator  kutubxona fayllarni zaxarlovchi viruslar (LIB) deb nomlanadi, va dasturlarning textlarini va boshqalarni zararlaydi.
Qurt (Chuvalchang)
Qurtlarning kodlari xam klassik viruslar singari tizimga tushgan zaxoti o’zining zararli amallarini bajarishga kirishadi. Ammo unga qurt nomi berilishi bejiz emas chunki, u bir kompyuterdan boshqasiga   “paypaslab” o’tish  qobilyatiga ega . Foydalanuvchi ruxsatisiz xar-xil axborot kanallari orqali o’z nusxalarini ko’paytiradi.
Qurtlarning xususiyati xam ana shunda, ya’ni tarmoq kanallari orqali ko’payishidadir.
Ko’payish usuliga qarab Qurtlarni bir necha turlarga bo’lish mumkin.









2.2 Troyan (троянские кони) dasturlar
 TROYAN DASTURLAR
Kategoriya: Troyan dasturtlar (Trojan_programs)
Xavflilik darajasi: yuqori
Qurtlar va viruslardan farqli ravishda troyan dasturlar o’zlarining nusxalarini ko’paytirishmaydi. Ular, “zahar” langan elektron pochta , yoki web saytlarga kirganimizda  kompyuterga “kirib” oladi. Ularni ishga tushishi foydalanuvchiga bog’liq. Ular xam viruslar kabi ishga tushgan zaxoti zararli harakatlarini boshlab yuboradi.
Xar xil troyan dasturlari kompyuterga tushgandan so’ng o’zlarini xar-xil tutishadi.  «Troyanlar» ning eng asosiy xususiyatlari axborotlarni bloklash, o’zgartirish va o’chirish, kompyuter yoki kompyuter tarmoqlari ish faoliyaiga zarar yetkazishlardan iboratdir. Undan tashqari troyan dasturlar  fayllarni qa’bul qilishlari , jo’natishlari, ularni ishga tushirishlari, ekranga xabar chiqarishi  web saxifalarga murojat qilishi , dasturlarni yuklab olishi va o’rnatishi , kompyuterlarni qayta yuklashlari mumkin.
Zararkunanda xakkerlar  xar xil troyan dasturlari  «terma» sini qo’llaydilar.
Troyan dasturlarning o’larini tutishiga qarab bir necha turkumlarga bo’lish mumkin.


















 



































2.3 Zararli utilitalar (hack tools)

Kategoriya: zararkunanda utilitalar (Malicious_tools)
Xavflilik darajasi: o’rtacha
Zararli utilitalar (Malicious_tools) zarar yetkazish uchun maxsus yaratilgan dasturdir. Lekin  zararli utilitalar boshqa zararli dasturlarga o’xshab ishga tushgan zaxoti zararli ishlarni amalga oshirmaydi va bir qaraganda beziyon tuyuladi. Bu dasturlar, virus tayyorlash , qurtlar va troyan otlarini yaratish Masofadagi kompyuter serverga jamoaviy tarmoq xujumi, kompyuterlarni “ВЗЛОМ” qilish kabi qator funksiyalarni o’z ichiga iladi.
Zararli utilitalar funksiyalariga ko’ra turli-tuman xisoblanadi.
Jadval 3. Funksiyalari bo’yicha zararkunanda dasturlar
TURKUM
NOMI
HUSUSIYATLARI
Constructor
Konstruktorlar
Viruslar , qurtlar va troyan dasturlarni yaratish imkonini beradi. Ba’zi konstruktorlar standart interfeysga ega bo’lib, menyulari orqali yaratiladigan zararli dasturlar tanlash mumkin.
Dos
Tarmoq xujumlari
Foydalanuvchi kompyuteridan masofadagi serverga ko’p sonli so’rovlar yuboradi. Serverda so’rovlarni qayta ishlashga resurs etmay qoladi, va u ishlashdan to’xtaydi. (Denial-of- Service (DoS) –xizmat qilishdan voz kechish).
Exploit
Eksploitlar
Eksploit – bu ma’lumotlar yoki dastur kodlari yig’indisi bo’lib, kompyuterda zararli ishlarni amalga oshiradi masalan eksploitlar fayllarni xisoblashi , ularga o’zgartirish kiritishi va xavfli web saxifalarga kirishi mumkin.
Xar xil eksploitlar xar-xil tarmoq xizmati va dasturlardan foydalanishlari mumkin. Tarmoq paketi ko’rinishidagi  eksploit tarmoqdagi mavjud kompyuterlarning tarmoq xizmatlari ishga tushganlarini izlagan xolda tarmoqda ko’plab kompyuterlarga uzatiladi. DOC faylidagi eksploit text redaktori niqobidagi faylni qo'llaydi. Foydalanuvchi faylni ochganda  darhol zararli amallarini bajarishi mumkin. Elektron pochtaga joylashgan eksploit qandaydir pochta dasturini izlaydi;  U shu bilan pochta dasturidagi xat ko’rinishini niqob qilib foydalanuvchi uni ishga tushirishini kutadi.
Eksploit yordamida (Net-Worm) tarmoq qurtlari ko’payadi. Nyuker Eksploitlari kompyuterlarni ishdan chiqaradigan tarmoq paketi ko’rinishini namoyon qiladi.
FileCryptor
Shifrlagichlar
Antivirus dasturlardan ximoyalash uchun zararkunanda fayllarni shifrlaydi.
Flooder
Tarmoqni “Axlat” ga to’ldirish dasturi
Tarmoq kanallari orqali ko’psonli xabarlar yuboradi. Ularga retranslyator internet chatlarini musorga to’ldiradigan dasturlarni misol qilsa bo’ladi. (Internet Relay Chats).
Bularga elektron pochta kanallarini, internet peydjerlari va mobil tizimlarni «ahlat» bilan to’ldiradigan dasturlar misol bo’la oladi. Bu dasturlar jadvaldagi maxsus (Email-Flooder, IM-Flooder и SMS-Flooder)tiplar sarasiga kiradi.
HackTool
Hakerlik anjomlari
Boshqa kompyuterlarga hujum qilish, kompyuterlarni sindirish buzish kabi amallarni bajaradi, (masalan foydalanuvchi ruhsatisiz tizimga yangi foydalanuvchi qo’shish; Tizimga kirganligini iz qoldirmaslik maqsadida tizim jurnallarini tozalash,). Bularga zararli funksiyalarga ega snifferlar misol bo’la oladi, masalan parollarni ushlab qoladiSnifferlar (Sniffers) –tarmoq trafigini kuzatuvchi maxsus dasturlar.
not-virus:Hoax

Qo’pol hazillar
Virusnamo xazillar bilan foydalanuvchilarni qo’rqitadi: zararsiz fayllarni virus sifatida ko’rsatishi mumkin yoki disk muvofaqiyatli  formatlanganligi haqidagi habar chiqariladi , aslida disk formatlanmagan bo’ladi.
Spoofer
Immitator utilitalar
Tarmoq so’rovlari va xabarlarni jo’natuvchining yolg’on manzili orqali jo’natadi.
VirTool
Zararkunanda dasturlarni modifikatsiyalash tullari
Zararkunanda dasturlarni Antiriruslardan ximoya qilish uchun  ularni modifikatsiyalaydi.
Email-Flooder
Elektron manzillarni «ahlat» bilan to’ldirish dasturi
Elektron manzillarga («axlat bilan to’ldirish uchun») ko’p sonli xabarlar jo’natadi. Xabarlarning ulkan soni foydalanuvchilarning pochtasini tekshirishida qiyinchililar tug’diradi.
IM-Flooder
Internet-peydjerlarni «ahlat» bilan to’ldirish dasturui
Internet peydjerlar foydalanuvchilariga (uzliksiz xat almashinish tizimi) ko’p sonla habarlar  jo’natadi, bular:  ICQ, MSN Messenger, AOL Instant Messenger, Yahoo Pager yoki Skype. Xabarlarning ulkan soni foydalanuvchilarning pochtasini tekshirishida qiyinchililar tug’diradi.
SMS-Flooder
SMS xabarlarini «ahlat» bilan to’ldirish dasturui
Bobil telefonlarga ko’p sonli xabarlar (message ) jo’natadi.







2.4 Boshqa turdagi zararkunanda dasturlar

BOSHQA TURKUMDAGI KAFOLATSIZ DASTURLAR
Kategoriya: Boshqa turkumdagi kafolatsiz dasturlar (Riskware)
Havflilik darajasi: o’rtacha
Bu turdagi ko’pchilik dasturlar foydali xisoblanib, ulardan ko’pchilik foydalanadi.Ular orasidan klient dasturlar IRC, avto qo’ng’iroq qiluvchilar (Dialers), fayllarni yuklab oluvchilar, faol komyuter tizimlari  monitori, parollar bilan ishlash utilitalari , internet serverlari FTP, HTTP  yoki Telnet xizmatlari.
Agar bunday dasturlarga xakerlar ruxsat olsalar yoki shu kabi dasturlarni foydalanuvchi kompyuterlariga joylasa, xavfsizlik susayadi . Boshqa turkumdagi kafolatsiz dasturlarni bir necha turkumga bo’lish mumkin . Ularning turlari jadvalda keltirilgan.
Jadval 5. funksiyasi jixatidan boshqa turkumdagi kafolatsiz dasturlarning turkumlanishi

TURKUM
NOMI
HUSUSIYATLARI
Client-IRC
Internet chatlar mijozlari
Пользователи устанавливают эти программы, чтобы обshаться в ретранслируемых интернет-чатах (Internet Relay Chats). Злоумышленники используют их для распространения вредоносных программ.
Dialer
Avtoqo’ng’iroq dasturlari,
«diallers»
Telefon orqali bog’lanishlarni modem orqali maxfiy tarzda amalga oshirishi mumkin.
Downloader
Ko’chirib olish dasturlari
Web saxifalardan fayllarni maxfiy tarzda ko’chirib olishlari mumkin.

Monitor


Monitor dasturlar
Kompyuterdagi faolliklarni kuzatish imkonini beradi, (qaysi dastur ishga tushgani, ular boshqa dasturlar bilan qanday aloqa qilayotganligini,  kuzatish imkonini beradi).
PSWTool
Parollarni qayta tiklagich
Esdan chiqqan parollarni ko’zdan kechirish va qayta tiklash imkonini beradi. Shu tariqa maxfiy tarzda parollar dastur yaratuvchiga “tortiq” qilinadi.