Xulosa.
Kompyuterning asosiy qurilmalari
quyidagilar: sistemali blok, monitor va klaviatura (sichqoncha bilan).
Sistemali blokda markaziy protsessor,
operativ (tezkor) xotira, qattiq disk, kontrolerlar, disketalar va lazerli
kompakt disklar bilan ishlash uchun qurilmalar va boshqalar joylashadi.
Markaziy protsessor. Kompyuterning
eng muhim qismini markaziy protsessor, (ya'ni protsessor va boshqaruv
qurilmasi) tashkil etadi. Dastur yordamida berilgan ma'lumotlarni
o’zgartiradigan, hamma hisoblash jarayonlarini boshqaradigan hamda hisoblash
ishlariga tegishli moslamalarning o’zaro aloqasini o’rnatadigan qurilma —
protsessor deb ataladi. Arifmetik va mantiqiy amallarni bajarish, xotiraga
murojaat qilish, dasturdagi ko’rsatmalarning berilgan ketma-ketlikda
bajarilishini boshqarish va boshqa amallar protsessor zimmasidadir. Bir so’z
bilan aytganda, protsessor kompyuterning barcha ishini boshqaradi va barcha
ko’rsatmalarini bajaradi.
Kompyutеrlar asosiy qurilmalardan tashkari bir qator atrof qurilmalariga xam
ega.
Printеr — ma'lumotlarni qog`ozga
chikaruvchi qurilma. Skanerlar qog‘ozdan, plyonkadan yoki boshqa qattiq
tashuvchilardan “analogli” matnlarni yoki rasmlarni o‘qiydi va ularni raqamli
formatga o‘tkazadi. Ular hamma yerda: ulkan hujjatlar arxivi ishlab
chiqiladigan katta idoralarda, nashriyotlarda va loyixalash – konstruktorlik
idoralarida, shuningdek, unchalik katta bo‘lmagan firma va uy-offislarda
qo‘llanadi.
Kompyuter asosiy va qo`shimcha qurilmalari diplom ish