Xulosa.
Algoritmni
EHMga uzatishda esa uni maxsus «mashina tili»ga o'girib mashina kodida yozilgan
dasturga aylantiriladi. Shu bilan bir qatorda EHMning turli xil tiplari
turlicha tillarga ega bo'ladi, ya'ni biror EHM uchun yozilgan dastur boshqa EHM
uchun tushunarsiz bo'lishi mumkin. Shunday qilib, har bir EHM faqat o'zining
«mashina tili»da yozilgan dasturlarnigina tushunishi va bajarishi mumkin.
Mashiaa kodida yozilgan dasturlarning ko'rinish sifati juda kambag'aldir, chunki
bu dasturlar faqat 0 va 1 laming maxsus ketma-ketligidan tashkil topadi. Bu esa
mutaxassis bo'lmagan odamga tushunarsiz bo'lib, dastur tuzishda noqulayliklar
keltirib chiqaradi.
Yaratilgan ma’lumotlar tarkibi xotiraning shunday registrlari va xotirasi
bilan tasvirlanganki, unda ikkilik miqdorlar saqlanadi. Apparatura
konstruktsiyasida singdirilgan algoritmlar, bu elektron zanjirlarda o`z aksini
topgan qat’iy qoidalar bo`lib, ular bo`yicha xotiraga joylashtirilgan
ma’lumotlarni bajarish uchun mo`ljallangan buyruqlar sifatida talqin qilinadi.
Shuning uchun ham har bir kompyuter ishining asosida faqat bitta ko`rinishdagi
ma’lumotlar bilan ishlay olishi mumkin. Bu ma’lumotlar alohida bitlar yoki
ikkilik raqamlari bo`ladi. Ushbu ma’lumotlar bo`yicha kompyuterning markaziy
prosessorining komandalari tizimi o`zgartirilmaydigan algorotmlar naboriga mos
ravishda ishlaydi.