X U L O S A



X U L O S A

Ushbu diplom loixasi “Viruslar va Antivirus dasturlari” xaqida bo’lib,  diplom ishi xozirgi kundagi dolzarb muammolardan biri bo’lmish  kompyuter viruslariga qarshi kurash, viruslarning  batafsil  tavfsifi, ularga qarshi qo’llaniladigan dasturiy vositalar xaqida  keng fikr muloxaza yuritilgan va tahlil qilingan .
Loyihaning birinchi bobida zararkunanda dasturiy ta’minotlar xaqida batafsil ma’lumotlar keltirilgan. Jumladan viruslarning kelib chiqishi va tarihi, xozirgi zamon viruslari, va viruslarning turkumlanishi jadvallar ko’rinishida namoyish etilgan.
Ikkinchi bobda esa, zararkunanda dasturiy ta’minotlar uch guruxga ya’ni:
1.VIRUSLAR
2.TROYAN DASTURLAR
3.ZARARLI UTILITALAR
ajratilgan xolda xar guruxga aloxida to’xtalib o’tilgan.
Uchinchi bobda, yuqorida aytib o’tilgan zararkunanda dasturiy ta’minotga qarshi kurashish chora tadbirlari xaqida gap boradi. Unda, zararli dasturlarga qarshi kurashish dasturlari ya’ni antiviruslar, ularning turkumlanishi xaqida batafsil ma’lumotlar keltirilgan. Jumladan viruslarga qarshi kurashishda xozirgi kundagi eng samarali usullardan : EVRISTIK va SIGNATURALI tahlil xaqida misollar keltirilgan. Jumladan Antivirus dasturlari ishidan o’zim uchun eng ma’qul sanalgan Kaspersky antivirusi xaqida va uning  10 versiyasini kompyuterga o’rnatish qadamba-qadam keltirib o’tilgan.
Va  nixoyat diplom loyixamizning so’ngi  to’rtinchi bobida mexnat muxofazasi texnika xavfsizligi xaqida gap boradi. Bunda, kompyuterdan foydalanish, talablari gigienik qoyidalar, elektr xa yong’in xavfsizligi xaqida batafsil to’xtalib o’tilgan. Xulosa qilib aytishim mumkinki, ushbu diplom ishini bajarib, viruslar va antivirus dasturlari xaqidagi bilimlarim anchayin quloch yoydi. Viruslarning menga noma’lum qirralari, antiviruslarning ishlash prinsplari xaqida kengroq tushunchalarga ega bo’ldim.