I-BOB LOKAL TARMOQ TURLARI
1.1Lokal tarmoqning paydo bo`lishi
Tarmoqdan foydalanganda axborotni saqlash ishonchliligi ortadi, chunki
juda oddiy usulda qimmatli axborotlarni qayta nusxalash mumkin va alohida
foydalanuvchilar o’rtasida axborot almashish engillashtiriladi. Tarmoq
foydalanuvchilar so’rovini mujassamlashtiradi, bir vaqtning o’zida axborotdan
ko’plab mijozlar foydalanish imkonini beradi.
Apparat qurilmalari va tarmoq dastur ta’minoti orqali o’zaro
bir-birlari bilan hamohang ishlay oladigan kompyuterlar majmuiga tarmoq
deyiladi.

Tarmoqlarni
turli me’yorlarga ko’ra sinflarga ajratish mumkin. Bular:
1)
o’tkazish qobiliyati, ya’ni ma’lumotlarni tarmoqqa uzatish tezligiga muvofiq:
- past
100 Kbit/ s gacha;
- o’rta
0,5-10 Mbit/s gacha;
- yuqori
10 Mbit/s dan ortiq.
2) uzoq
kommunikatsiya tarmoqlari bilan ishlash tezligi, ularning fizik o’lchoviga
muvofiq:
-
LAN ( Local-Area Network) lokal
tarmoq (bir ofis, bino ichidagi aloqa);
-
CAN (Campus-Area Network) - kampus
tarmoq, bir-biri bilan telefon yoki modemlar bilan ulanish, ammo etarlicha
bir-birlaridan uzoqda joylashgan kompyuter lokal tarmoq;
-
MAN (Metropolitan-Area Network) katta
tezlik bilan aloqa uzatish (100 Mbit/s) imkoniyatiga, katta radiusga (bir necha
o’n km) axborot uzatuvchi kengaytirilgan tarmoq;
-
WAN (Wide-Area Network) keng masshtabli
(mintaqaviy) maxsus qurilma va dasturlar bilan ta’minlangan alohida tarmoqlarni
birlashtiruvchi yirik tarmoq;
-
GAN (Global-Agea Network) global
(xalqaro, qit’alararo) tarmoq;
3) tarmoq
tugunlari turi bo’yicha (tugun - hisoblash tarmoqlari va ularning alohida
elementlari ulangan joyi). Boshqacha aytganda, tugunga shaxsiy, mini- va katta
kompyuterlar, alohida tarmoq ham kiradi. Masalan, umumiy foydalanish
tarmoqlaridagi alohida kompyuterlar (boshqachasiga ularni stantsiyalar deb ham
yuritishadi) tugunlarga misol bo’la oladi. Unchalik katta bo’lmagan alohida
tarmoqlar kampus tarmog’i uchun tugun bo’ladi.
4)
tugunlar munosabatiga ko’ra:
-
bir xil rangli (peer-to-peer), uncha katta bo’lmagan, bir xil mavqega ega
kompyuterlar (bu erda hamma kompyuterlar ham «mijoz», ya’ni tarmoqning oddiy
foydalanuvchisi, ham «server», ya’ni tarmoq foydalanuvchilariga xizmat
ko’rsatishni ta’minlovchi bo’lishi mumkin). Macalan, WINDOWS 95 OS tarmog’i
tarqatilgan (Distributed) tarmoqlar. Bunda serverlar tarmoq foydalanuvchilariga
xizmat ko’rsatadi, biroq tarmoqni boshqarmaydi;
-server
(Server based) yoki markazlashgan boshqarishga ega tarmoqlar. Bu erda
tarmoqning bosh elementi serverdir. Qolgan tugunlar serverning resurslaridan
foydalanishi mumkin (masalan, Novell NetWare, Microsoft LAN Mananger va
boshqalar).
5) tarmoq
operatsion sistemalarini ishlatish bo’yicha (tarmoq OS):
gomogenli
- hamma tugunlarda bir xil yoki yaqin operatsion sistemalardan foydalaniladi
(masalan, WINDOWS OS tarmog’i);
geterogenli
- bir vaqtning o’zida bir nechta tarmoq operatsion sistemalari ishlatiladi
(masalan, Novell NetWare va WINDOWS).
Tarmoqda
bir necha xil serverlar bo’lishi mumkin. Kompyuter tarmog’i o’z mijozlariga
qanday xizmatlar turkumini taklif etishi, ularning servisi qanday bo’lishi juda
muhimdir. Ular bilan tanishamiz:
-fayl
- server - mijozga axborot saqlash qurilmalarida saqlanuvchi fayllardan
foydalanish imkonini beradi. Bunda server barcha ishchi stantsiyalaridan
fayllarga kirish imkonini berishi zarur. Shunigdek, axborotlarni himoya qila
olish vazifasi ijobiy hal etiladi;
-
print - server umumiy holda ko’pgina mijozlarga
bir nechta printer orqali xizmat ko’rsatishni ta’minlaydi. Bunda server chop
etiluvchi axborotlarni qabul qila olishi va ularni navbati bilan chop etishga
chiqarishi kerak;

-faks
– server-mijozlarga faks-modem telefon
tarmoqlari bilan mujassam tarmoqli xizmat ko’rsatishni ta’minlaydi.
Bu go’yo axborot chiqarishga o’xshaydi (printer kabi). Faks-server
olgan faksimal xabarlar alohida tarmoqda qayta ishlanadi.
-elektron
pochta (E-mail) - mijozlar o’rtasida, ular
bir-birlaridan qancha uzoqlikda joylashganligidan qat’iy nazar, axborot
almashishni ta’minlaydi. Bu erda jarayon xuddi oddiy pochta kabi kechadi.
Elektron xat o’z adresiga ega. Uni jo’natuvchi desak, qabul qiluvchi xam o’z
adresiga ega. «Xat» pochta qutisiga tashlanadi (ya’ni pochta serveri) va pochta
serverlar sistemasi yordamida qabul qiluvchi pochta qutisiga etkaziladi, ya’ni
bu erda uzatuvchi va qabul qiluvchining maxsus kataloglari mijozga xizmat
qiluvchi kompyuterda joylashtirilgan bo’ladi. Shu tariqa xatlar fayllar
sifatida uzatiladi.
-bevosita
muloqot (Chat), bunda aniq vaqtda maxsus dastur
ta’minoti yordamida ikki yoki undan ortiq mijozlar o’zaro axborot (matnli,
tovush, video) almashinishi tushuniladi. Raqamli videokameralar, tovushli
kartalar, mikrofonlar, multimedia vositalarini qo’llaganda,
videokonferentsiyalar o’tkazish imkoniyati tug’iladi. Bunday holatlarda
kompyuterlar yuksak unumdor va tarmoqning o’tkazish qobiliyati kuchli bo’lishi
lozim. MS Net Meeting – dasturi orqali bevosita muloqotni amalga
oshirish mumkin.
Global tarmoqlar, ma’lumki, yirik shaharlar, mamlakat, qit’alarni
qamrab oladi. Lokal tarmoqlar esa etarlicha kichik maydonni o’z ichiga oladi.
Ular 10, 100, 1000 metr chamasi radiusda 1000 nafarga etar-etmas mijozlarga
xizmat qilishga mo’ljallanadi. Bunday hajm LKT 10 Mbayt/s va undan ortiq
tezlanishda ishlash imkonini beradi. Odatda LKT ishchi stantsiyalar (IS) va
maxsus kompyuterlarni (fayl, print serverlari va boshqalar) o’zaro kabel bilan
bog’lashdan iborat. Ular o’z navbatida tarmoq adapterlari yordamida (tarmoq
kartalari) ulanadi.
Alohida
tugunlarni tarmoqda ulash usullari tarmoq topologiyasi deyiladi. Odatda uchta
topologiya qo’llaniladi:
1.
Umumiy shina. Bu holda lokal tarmoqdagi barcha kompyuterlar bitta aloqa
chizig’iga parallel bog’lanadi. Bunday shinalarni boshqarish ham alohida, ham
markazlashgan bo’lishi mumkin. Markazlashgan boshqaruvda tarmoqqa maxsus
kompyuter-server ulanadi, uning vazifasi tarmoqda axborotni uzatishni
boshqarishdir. Alohida boshqaruvda hamma kompyuterlar bir xil maqomga ega, ular
mustaqil ma’lumotlarni uzatish imkoniyatiga ega.
2.
Xalqa. Bu holatda barcha kompyuterlar yopiq xalqasimon, ketma-ket
bog’lanadilar. Bunda xabar birin-ketin kompyuterdan-kompyuterga uzatiladi.
Xabarni uzatgan kompyuter yana o’sha xabarni qayta qabul qilmaguncha, jarayon
davom etaveradi.
3. Yulduzcha.
Yulduzcha topologiyaga ega tarmoqlar markaziy tugunga ega (kommutator yoki
kontsentrator). Mazkur markaziy tugunga barcha qolgan kompyuterlar ulanadi.
Dastlab uzatilgan xabar ana shu qurilmaga kelib tushadi, so’ng boshqa
kompyuterlarga uzatiladi.

Bog’lash
uchun qo’llaniladigan kabellar uzatish muhiti deb yuritiladi.
Kabellar
asosan uchga bo’linadi:
-koaksial
kabellar (coaxial cable), ular televizion antennaga juda o’xshash. O’tkazish
tezligi: 10 Mbit/sek. Asosan bino ichidagi tarmoqni hosil qilishda
foydalaniladi.

-juftli
o’ram kabellari (tvisted pair) telefon simini eslatadi. O’tkazish tezligi: 100
Mbit/sek. Asosan bino ichidagi tarmoqni hosil qilishda foydalaniladi

.
-optiktolali
kabel (fider-optic cable). Eng ishonchli va tez, shu bilan birga juda qimmat
kabel turi. Oralig’i 100 km masofadagi tarmoq uchun qo’llaniladi. O’tkazish
tezligi: 2 Gbit/sek.

Kabel
turi
|
O’tkazish tezligi,
Mbit/sek
|
Tarmoqni
hosil qiluvchi nuqtalar orasidagi masofa
|
Kabel uzilganda tiklash mukinligi
|
Narxi
|
Koaksial
kabellar
|
10 Mbit/sek
|
500 m
|
Past
|
100 so’m/metr
|
Juftli
o’ram kabellari
|
100 Mbit/sek
|
100 m
|
yaxshi
|
200 so’m/metr
|
Optiktolali
kabellar
|
1-2 Gbit/sek
|
100 km
|
Maxsus qurilmalar talab qilinadi
|
1000-3600 so’m/metr
|
Lokal tarmoqlarning qo’llanish sohasi juda keng. Bunga ofis ishlarini
avtomatlashtirish, korxona boshqaruv sistemalari, loyihalarni avtomatlashtirish
texnologik jarayonlari va robototexnika komplekslari, bank va axborot
sistemalari, elektron pochta sistemalarini boshqarish kiradi.
WINDOWS OSda lokal tarmog’ni sozlash va ishlatish uchun juda
qulayligini albatta e’tirof etish kerak. Tarmoq bilan ishlashdan avval, agar
Sizning kompyuteringiz lokal tarmoqqa ulanmagan bo’lsa, sozlash ishlari olib
boriladi. Kompyuter tarmoqda ishlashi uchun uni sozlash jarayoni quyidagicha:
Avvalo kompyuterda tarmoq plata (karta) borligiga ishonch hosil qilish
darkor.

RJ-45 raz’yomiga maxsus konnektor orqali
simlar ulanadi.
-konnektor.

Boot Rom mikrosxemasi tarmoqdagi boshqa kompyuterdan foydalanib,
operatsion sistemani yuklash imkonini beradi. Simlar HUBlarga ulanib
tarmoq hosil qilinadi.

HUB (Switch) qurilmasidan foydalangan holda kompyuterni tarmoqqa
ulash. Hub lar xonadagi kompyuterlarni bir-biri bilan bog’lash uchun kerak
bo’lsa, Switchlar binolar orasiga qo’yiladi.
Tarmoqda ishlovchi har qanday kompyuter o’z nomi, maxsus TCP-IP adresi
va ishchi guruhiga ega bo’lishi kerak. Boshqa tarmoq ishtirokchilari unga
shu nom va TCP-IP adres bilan murojaat qilishlari mumkin (fayl va papka, xabar
jo’natish). Windows OC o’rnatilgan kompyuterlar orasida aloqa mavjudligini
tekshirish uchun ping <TCP-IP> (bu erda TCP-IP tarmoqdagi
tekshirilayotgan kompyuter adresi) buyrug’i ishlatiladi. Masalan, ping
10.1.14.27.


BlueTooth –kabelsiz tarmoq.

BlueTooth
- kabelsiz tarmoq standartidir. Ishlash radiusi 10- 100 metr oralig’i bo’lib,
2.5 GGts chastotada ishlaydi. O’tkazish tezligi 1Mbit/sek. Albatta qurilmalar
ham bu standart uchun mo’ljallangan bo’lishi shart. Shuningdek, qo’l (mobilniy)
telefoni bilan aloqa bog’lash mumkin. Agar telefon operatori (masalan,
Uzdunrobita) Internetga bog’lash imkonini bersa, u holda kompyuterdan va qo’l
telefonidan foydalangan holda simsiz Internetga bog’lanish mumkin (noutbuklar
uchun juda qulay).
1.2
Hisoblash tarmoqlarini tashkil qilish tamoyillari
Informatsion
texnologiyalarda port – bu yuborilayotgan va qabul qilinayotgan axborotlar
o`rtasidagi bog`lanishni tashkil etadi (mantiqiy yoki fizik).Odatda
quyidagilar:
Qurilmali (apparatli) portlar – bu asosan kompyuterning fizik qurilmasi bo`lib
u asosan vilka yoki kabel yordamida kompyuterga bog`lanadi.Ularga quyidagilar
kiradi:
Parallel port, Davomli
port, USB, PATA/SATA, IEEE 1384 (FireWire), PS/2
Kiritish- chiqarish porti – mikroprotsessorlarda (masalan Intel) qurilmalar yordamida ma`lumotlar
almashish imkonini beradi. Kiritish- chiqarish porti dasturga ma`lumotlar
berish va uni almashishni tashkil etadi.
Tarmoqli port – TCP va
UDP protokol parametrlari bo`lib u IP
formatidagi ma`lumotlar paketi qo`llanilishini aniqlaydi.
Kompyuterning tashqi qurilmalari bilan axborot almashishi jarayonini,
kopmyuterning tashqi interfeysi tashkil qiladi. Tashqi interfey tashqi portlar,
shinalar, kopmyuterlar birlashmasi va tashqi qurilmalar jamlamasidan iboratdi.
Asosan kopmyuter va tashqi qurilmalarni bir-biriga bog’lashda shinalardan
foydalaniladi.
Kopmyuterga printer,
scaner, sichqoncha, klaviatura va shunga o’xshash qurilmalarning kompyuterga ulanishi tashqi interfeysga misol
bo’ladi. Tashqi interfeysni amalga oshirish uchun unga apparat va dasturiy
ta’minot: tashqi qurilmani boshqaruvchisi (controller) va controller ni
boshqaruvchi maxsus dastur, drayver (driver) kerak bo’ladi.

IEEE 1284 (Printer port, parallel port, LPT) – shaxsiy kompyuterga ulashga mo`ljallangan
xalqaro parallel interfeys standartiga mos tushuvchi qurilma. “LTP” nomi MS DOS
oilasidagi operatsion tizimdagi “LTP1” (Line Printer Terminal yoki Line
PrinTer) standart nomidan kelib chiqqan. Hozirgi vaqtda bu interfeys asosan USB
interfeysi bilan mos tushadi va u yi`g`ma apparatlarni (skaner – printer -
kserokopiya) ulashsh uchun ishlatiladi.
Lekin asosan yuqori tezlikda chop etish va printer uchun ishlatiladi. Bu bilan
asosan Cetronics, Betronics, HP, Hewlett-Packard firmalari tomonidan
ishlab chiqariladi. Ular 1284.3-2000 va 1284.4-2000
standartiga asoslangan. Ishchi rejimlari:
- SPP (Standart Paralell Port) — bir yo`nalishli port, to`laligicha Cetronics interfeysi bilan mos tushadi.
- Nibble Mode — SPP rejimida ikki yo`nalishli ma`lumotlar almashinishga asoslangan (4 baytli) qo`shimcha qurilmalar bilan jihozlangan
- Byte Mode — Ba`zida qo`llaniluvchi IEEE 1284 standartiga asoslangan eski kontrollerlardan ikki tomonlama ma`lumot almashish uchun foydalaniladi.
- EPP (Enhanced Parallel Port) —ishchi qurilma Intel, Xircom va Zenith Data Systems — firmalariga tegishli ikki tomonlama ma`lumot almashish, 2 Mbayt/sekund tezlikda
- ЕСР (Extended Capabilities Port) — ishchi qurilma Hewlett-Packard va Microsoft kompaniyalari, qo`shimcha ravishda ma`lumotlarni siqish appatiga ega va DMA rejimida ishlovchi qurilma
Tarmoq kommutatori (TCP/IP port) yoki svitch (switch- qo`shmoq, qaytaulagich)-
kompyuter tizimlarida bir necha uzellarni bir segmentda birlashtirish uchun
mo`ljallangan qurilma. Konsentratorlardan asosiy farqi bitta qurilmaga berilgan
ma`lumotlar kommutator orqali boshqa kommutatorlarga uzatiladi. Kommutatorlar
OSI modelining kanal rejimida ishlaydi va bir- bir biriga MAC adresslari orqali
uzellar bir tarmoqqa bog`lanadi. Bir necha tarmoqlarni birlashtirish uchun
tarmoq darajali marshrutizatorlardan foydalaniladi.
Kompyuterning ichki portlari bilan ishlash.
Kompyuterning ichiki
portlari ichiqi qurilmalarning bir-biri bilan aloqasini ta’minlashga xizmat
qiladi, xuddi tashqi portlarga o’xshab. Ichiki portlarda ham axborot (signal)
lar uzatish uchun qo’llaniladi va har bir portning maxsus raqami mavjuddir. Har
qanday ichiki qurilmaning o’zining porti mavjud. Bu portlardan protsessorning
buyrug’iga qarab, shu portdan axborot qabul qilishi yoki uzatishi mumkin. Agar
microprotsessor ma’lum raqamli portga OUT buyrug’ini bersa, shu portdan
ma’lumot uzatish mumkin. Bu ma’lumotning o’lchami 1 yoki 2 bayt bo’lishi
mumkin. Agar microprotsesseor IN buyrug’ini bersa, deman shu portdan axborot
o’qilishi lozimligini bildiradi.
Masalan, klaviaturada
ixtiyori tugmaning bosilgani holati. Bu holatda darhol natijasi namoyon
bo’ladi. Lekin bu jarayon bir necha bosqichlardan o’tadi. Klaviaturanig tugmasi
bosilganda markaziy protsessor klaviaturaning portiga IN buyrug’ini beradi.
Qaysi tugma bosilgani aniqlanib chiqish portlariga uzatiladi.
Ichki portlarning 944 (ЗВ0(16))-sidan
boshlanadigan bir qancha portlar oq-qora grafikali rejim uchun, 976(3D0(16)) boshlanadiganlari ragli grafik rejim
uchun. 1008 (3F0(16)) dan
boshlanadiganlari yumshoq disk (floppy) ni boshqarish uchun, 1013(3F5(16))
da esa floppy diskka yozish va
floppy diskdan o’qish uchun qo’lladinlar.
Agar kopmyuterda tashqi
portlar mavjud bo’lmasa u kopmyuterda faqat o’zining ichida bor ma’lumotlar
bilan ishlash mumkin, ya’ni tashqi qurilmalar ulab bo’lmaydi. Bu esa ancha
qiyinchiliklar tug’diradi. Ichiki portlarning mavjud bo’lmasligi mumkin emas.
Chunki ularsiz kopmuuter ishlashi emas yonishi qiyin. Insonning qon tomirlari
inson tanasini kislorodni eltib bersa, portlar esa kopmyuterning qurilmalarini
axborot (berilgan buyruq) ni eltib beradi. Ayonki, insonning qon tomirlari
bo’lmasa yashamasligi aniq, kopmyuter ham shundoq portlari bo’lmasa u kopmyuter
emas.
3.Interfeys
bu ikki tizim, qurilma yoki dastur orasidagi chegara bo`lib u elementlar
orasidagi bog`lanishni tashkil etuvchi yordamchi boshqaruvchi mikrosxemalar
yoki bog`lanish qurilmasidir.
Foydalanuvchi interfeysi – foydalanuvchi bilan qurilmalar o`rtasidagi aloqani ta’minlab beruvchi
muhit:
Buyruqlar qatori interfeysi: matnli qator (buyruq) yordami
bilan yo`l ochuvchi kompyuter konstruksiyasi;
Foydalanuvchining grafik interfeysi(graphical user interface, GUI):
Monitorning elementlarini taqdim etuvchi dasturiy funksiya;
Dialogli interfeys;
Yagona tilli interfeys: foydalanuvchi dastur bilan uning
ona tilisida “gaplasha oladi”.
Miya interfeysi (in english: brain- computer
interface) – kompyuter elektordlar va miyaga o`rnatilgan retseptorlar yordamida
foydalanuvchi miyasidagi o`zgarishlarga mos ravishda ovoz va nurlanishni
boshqarib turishga javobgar bo`ladi.
Fizik interfeys – bu fizik qurilmalar bilan ishlash muhiti. Bu muhit haqida
gapirilganda asosan kompyuter portlari tushuniladi:
Tarmoqli interfeys;
Shlyuz (telekommunikatsiya) –
mahalliy tarmoqlarni undan kattaroq tarmoqlar bilan, misol uchun Internet,
bog`lovchi qurilma;
Shina(Kompyuter);
COM interfeys
(Component Object Model interface) – mavhum funksiyalar va xususiyatlarni shu
interfeys komponentalari orqali boshqa dasturlarda aniq funksiya ko`rinishida
qo`llash imkonini beradi;
Ma’lumotlar
almashish uslubiga ko`ra interfeys parallel va interfeyslarga bo`linadi
4.Kompyuter tarmog`i (hisoblash tarmog`i, ma`lumotlar
almashish tarmog`i) – ikki yoki undan ortiq kompyuterlar o`rtasidagi aloqa
tizimidir. Ma`lumotlar almashish turli xil fizik hodisalarni qo`llash orqali
amalga oshiriladi: elektr signallari yoki elektromagnit nurlanishlarning turli
xil ko`rinishlari orqali.
Kompyuter
tarmog`i o`z navbatida ma`lum qoidalar asosida bir necha turlarga bo`linadi.
Sinflanishi
- Hududiy chegaralanishlar va o`lchamlar bo`yicha:
a) Shaxsiy tarmoq (PAN,
Personal Area Network);
b) Mahalli tarmoq (LAN,
Local Area Network);
c) HomePNA;
d) Shahar tarmog`i (MAN,
Metropolitan Area Network);
e) Milliy tarmoq;
f) Xalqaro hisoblash
tarmog`i (WAN, Wide Area Network);
2. Operatsion
tizim tarmog`i bo`yicha:
a)
Windows asosida;
b)
UNIX asosida;
c)
NetWare asosida;
d)
Aralashgan;
3. Funksional
qo`llanilishi bo`yicha:
a)
Ma`lumotlarni saqlash tarmog`i;
b)
Serverli fermalar;
c)
d)
SOHO tarmog`i;
4. O`zaro aloqadorlik bo`yicha:
a)
Mijoz- server;
b)
Ko`p qatlamli arxitektura;
c) Nuqta- nuqta;
d) Bir rangli(bir
xillilik);
5. Tarmoq topologiyasi tipi bo`yicha:
a)
Shina;
b)
Yulduz;
c) Xalqa;
d) Panjara;
e) Aralashgan
topologiya;
f) To`liq aloqadagi
topologiya;
6. Zaruriy holda doimiy aloqani
ta`minlash bo`yicha:
a)
Paketli tarmoq, misol uchun Fidonet va UUCP;
b)
Onlayn (online) tarmoq, misol uchun Internet va GSM
Protokollar steki
Kompyuter tarmog`ini boshqarish
davomida bir necha ko`rinishdagi protokollar to`plamidan foydalanish mumkin.
Quyida ulardan bir nechtasi berib o`tilgan:
ARCNET, DECnet, Ethernet, IP, TCP, UDP, AppleTalk, Token Ring, IPX, SPX, FDDI, HIPPI, Myrinet, QsNet, ATM, IEEE-488, USB, IEEE 1394 (Firewire, iLink), X.25, Frame relay, Bluetooth, IEEE 802.11, Systems Network Architecture, RapidIO
Kommunikatsiya nazariyasi
1. Darajalar:
a) OSI modeli;
b) Amaliy daraja;
c) Axborotni taqdim etish darajasi;
d) Seansli daraja;
e) Transportli daraja;
f) Tarmoqli daraja;
g) Kommutatsiya;
h) Marshrutizatsiya;
i) Kanalli daraja (Ma`lumotlarning bog`lanish darajasi);
j) Fizik daraja;
2. Tarmoqlar orasida ma’lumotlar
almashish turlari:
a)
Simli (o`tkazgichli) aloqa: PSTN telefon tarmog`i, Modem va kommutatorli aloqa,
Belgili liniyalar(Выделенные линии);
b) Paketlar
kommutitatsiyasi (Коммутация пакетов): Frame relay, PDH, Ethernet,
RS-232;
c)
Oprik tola bo`yicha ma`lumot almashinish: Synchronous optical networking,
Fiber distributed data interface;
d) Simsiz aloqa
i) Yaqin radiusli harakat:
Bluetooth, Human Area Network;
ii) O`rta radiusli
harakat: IEEE 802.11, Netsukuku
iii) Uzoq radiusli
harakat: Sun`iy yo`ldoshli aloqa, MMDS, SMDS
e)
Mobil telefon yordamida ma`lumotlar almashish: CSD, GPRS, HSCSD, EDGE,
UMTS, HSDPA, HSUPA, CDMA, CDPD,
Paging networks, DataTAC, Mobitex, Motient;
1.3 Konsentratorlar bajaradigan
vazifalar
Tarmoq konsentratori – tarmoq qurilmasi bo`lib, u asosan bir necha Ethernet qurilmalarini
bir segmentda birlashtirishga xizmat qiladi. Bu qurilma koaksil kabel yoki
optic tolali o`tkazgichlar bilan bog`lanadi. Hozirgi paytda ular ko`p darajada
qo`llanilmaydi- ular o`rnida tarmoq kommutatorlari alohida segment ko`rinishida
ishlatiladi. Bu kommutatorlar qo`pol ravishda “intellektual konsentratorlar”
deb ham yuritiladi.
Hozirgi zamonaviy
texnologiyalarda asosan bir biriga o`xshash bo`lgan bir necha qurilmalardan foydalaniladi, misol uchun
konsentrator (concentrator), hab (hub), takrorlagich (repeator). Ular bir-
biriga o`xshash bo`lsada lekin ularning bajaradigan vazifasi va konsrukturaviy
qo`llanilishiga qarab farqlanadi.
Konsentratorlar odatda
bir necha portlardan iborat bo`lib, ular tarmoq uzellarininh alohida segment
kabellariga ulangan bo`ladi. Konsentratorlar turli mahalliy tarmoq
protokolallarini bir segmentda joylashtirishga harakat qiladi, misol uchun
Ethernet, Token Ring. Bunga asosiy sabab turli mahalliy tarmoq protokollarining
har xilligidadir, misol uchun Ethernet, Tokent Ring, FDDI va 1OOVG- AnyLAN
tarmoqlari.
Konsentratorlar
tarmoqning OSI modelidagi fizik muhitida ishlaydi, bitta portdan kelgan
signalni barcha aktiv portlarga uzatadi. Agar bir vaqtda ikki yoki undan ortiq
portlardan kirish bo`lsa, kolliziya hosil bo`lib ma`lumot kadrlari buziladi.
Konsentratorlar doimo yarim dupleks rejimida ishlaydi.
Yuqorida aytib o`tilgan
kolliziyani yo`qotish uchun asosan ko`p
sonli konsentratorlarni birlashtirish orqali bu muammoni hal etish mumkin.
Konsentratorlarning
tavsifi:
·
Portlar miqdori – tarmoqqa bog`lanish uchun odatda
4, 5, 6, 8, 16 portli xablar (odatda oxirgi ikkitasi) ishlab chiqariladiva
foydalaniladi va bir necha konsentratorlardan foydalanilganda kaskad usulidan
foydalaniladi;
·
Ma`lumot almashinish tezligi – konsentratorlarning ma`lumot
almashish tezligi odatda 10 va 100 Mb/s oralig`ida o`zgarib turadi. Tezlik
avtomatik ravishda yoki qayta ulagich yordamida o`zgartirilib boriladi.
Konsentratorlarning afzallik jihati u barcha portlarga axborotni bir xil
tezlikda uzatadi;
·
Tarmoq o`tkazmalarining tipi- odatda maxsus o`tkazgich yoki
optic tolali o`tkazgich, ba`zi konsentratorlarda aralashgan o`tkazmalardan
foydalaniladi. Misol uchun maxsus o`tkazgichlar va koaksial kabellarni
muvofiqlashtirgan holda;
Aniq
bir protokol uchun ba`zan maxsus tuzilishga va ishlash funksiyasiga ega bo`lgan
konsentratorlar ishlatiladi, masalan Token Ring konsentratorlari MSAU nomi
bilan ham yuritiladi. Har bir konsentrator bir qancha funksiya bajaradi va bu
uning bir necha xususiyatlari va qaysi protkollarni quvvatÿÿshigÿÿbog`liq.
Uning aÿÿÿÿy funksiyasi bu qo`himcha funkÿÿÿÿangiÿÿdir. Misol uchun Token Ring
protokolida noto`gri ishlayotgan portni uzish va qo`shimcha xalqaga qayta
uzatishi mumkin bu uning yozilmagan tasniflaridan biridir.
Ethernet konsentratorlari
Ethernet texnologiyasi qurilmasida
bir necha fizik segmentlarni birlashtirishda allaqachon koaksial kabellardan
foydalanib kelinadi va u bajaradigan asosiy funksiya – ya`ni bir portdan
olingan signal tarmoqdagi barcha portlarga yuborish xususiyati bilan
“qaytargich” nomini oldi. Koaksial kabel qo`llanilgan tarmoqlarda faqat ikkita
segmentni birlashtirishda odatda qo`sh portli qaytargichlardan foydalaniladi va
odatda unga nisbatan konsentrator atamasi qo`llanilmaydi.
10 Base-T spesifikatsiyasi yordamida
Ethenet tarmoqlarining qismlari hosil qilinadi va agarda undan foydalanilmasa
faqatgina ikkita uzel tarmog`ini boshqarish mumkin bo`ladi. Ko`p portl Ethernet
qaytargichlari konsentrator yoki xab
nomi bilan yuritiladi va odatda o`zidan ko`p uzelli segmentlarni
markazlashtirishga erishadi. Ethernet konsentratorida odatda 8 dan 72 gacha portlari bo`ladi, va ularning asosiy
qismi kabellarni tarmoqqa ulashga
mo`ljallangan. Quyidagi rasmda tipik konsentrator berilgan bo`lib, unda
16 ta port bor va 10Base-T standarti va RJ- 45 muhiti bilan hosil qiligan va
shuningdek bitta AUI porti tashqi transferga ulashga mo`ljallangan.
Odatda bu portga
transiver ulanadi va bu koaksial yoki optic tolali o`tkazgichlarda ishlaydi. Bu
trannver yordamida konsentrator magistral kabelga ulanishi mumkin va bu bir
necha konsentratorlarda qo`llash mumkin va bu ishchi stansiyadan odatda 100m
dan ortiq masofagacha olib boorish mumkin.
Iyerarxik tizimlarni 10Base-T
texnologiyasida konsentratorlar bilan birlashtirishda koaksial yoki optic
tolali o`tkazgichlar talab etilmaydi, bunda oxirgi portlani birlashtishning
o`zi kifoya qiladi. RJ- 45 oddiy porti tarmoq adapteriga bog`lashga
mo`ljallangan va u MDI-X (kesishgan MDI) nomi bilan yuritiladi. Adapter
konsentratorga standart bog`lovchi kabel yordamida kesishmali bo`lmagan holatda
bog`lanadi.
Ko`p portli qaytargich –
Ethernet konsentratori to`rtlik xab qoidasi bo`yicha ishlatiladi. Katta hajmli
barcha portlar bitta qaytaruvchi blok bilan bog`liq bo`ladi va ikkita portdagi qaytargichlar va qaytaruvchi blok
orqali bir marta qaytarilish orqali o`tadi. Bu faqat to`rtlik xab qoidasida
bajariladi. Lekin, boshqa modellarda har bir port uchun alohida biriktirilgan
qaytaruvchi blok biriktirilgan bo`ladi.
Bir modali optik tolali
kabellarda lazer nurlanishini qo`llash mumkin va bu orqali axborotni 40- 100
kmgacha uzatish mumkin.
Ko`p segmentli konsentratorlar
Kompyuterlar orasidagi turli xil
segmentlarni birlashtirishda konsentratorlardan foydalanib bo`lmaydi va
konsentratorlardagi shinalar bilan hech qanaqa aloqa o`rnatib bo`lmaydi. Ko`p segmentlarni bo`lish uchun ko`p
segnetli konsentratorlar zarur bo`ladi va bu uni oson o`zgartirish imkonini
beradi. (quyidagi rasm)

Katta hajmdagi ko`p segmentli
konsentratorlar, misol uchun Nortel Networks kompaniyasining System 5000 yoki
3Com kompaniyasining PortSwitch konsentratorlari ichki shinalardan biri bilan
portni bog`lash uchun alohida dastruriy ta`minotni talab qiladi, masalan
mahalliy konfiguratsiyani konsol port orqali osil qiladi.
Natijada administrator tarmoqdagi
foydalanuvchining kompyuteriga konsentratordagi istalgan portlar orqali
ulanishi (bog`lanishi mumkin). Keyin bu har bir segmentni konsentratorning
tuzilmasi dasturi orqali boshqarishi mumkin. Agarda ertasi kuni biror bir
segment yuklanish (peregruzka) holatida bo`lsa konsentratordagi boshqa
segmentlar orqali kompyuterga murojaat qilishi mumkin.
Konsentratorlaning tuzilmaviy qo`llanilishi
Konsentratorlarning tuzilmasiga
qarab uning foydalanish sohasi farqlanadi va uni ko`rsatib beradi. Ishchi guruh
konsentratorlarining barchasi ma`lum aniqlangan sondagi portlar bilan ishlab
chiqiladi, korporativ konsentratorlar esa modulli ko`rinishda bo`ladi, bo`lim
konsentratorlar esa oqim tuzilmali
bo`ldi. Bunday bo`linish muhim hisoblanmaydi, va korporativ konsentratorlar
sifatida modulli konsentratorlani ham qo`llash mumkin.
Konsentrator portlarini ko`pyatirish usullari
Bu juda sodda tuzilmaviy qo`llanish bo`lib, bu qurilma doimo keraksiz
elementlar (masalan portlar, indikatsiya bo`limi va ta`minlash manbai) uchun
alohida korpusni hosil qiladi. Chunki bu
elementlarni band qilish foydasiz hisoblanadi. Odatda bu turdagi
konsentratorlar faqat bir axborot almashnish muhitini hosil qilishi mumkin, va
umumiy portlar soni 4-8 dan 24 tagacha o`zgartirish mumkin. Bitta port albatta
tarmoq magistaraliga ulanish uchun ajratilgan bo`lishi shart (bu port AUI
interfeysi bilan ishlaydi). Bu usl bilan ixtiyoriy fizik muhitdagi konsentrator
portiga amaliy jihatdan murojaat qilish mumkin.
Ulanish
usullari
1. modulli konsentratorlar;
2. oqimli konsentrator;
3. modul- oqimli konsentratorlar;
lokal tarmoqqa xizmat ko`rsatish