Kirish
Insoniyt yaralibdiki, yovuzlik va ezgulik, oq va
qora , tun va kun kabi so’zlarning moxiyati
xayot falsafasini tashkil etib keladi. Fan texnikaning inqilobi anchagina
ildamlab ketgan zamonda yashayapmiz ekan, texnika bilan birgalikda “ezgulik-
yovuzlik ” tushunchalari xam takomillashib borar ekan. Fan texnika olamida
“sayr” qilib yurgan “kurmak” lar yoki “yovuz” lar xozirgi kunda dunyoning
ko’pgina kompaniyalari, korporatsiyalariyu
banklariga jiddiy xavf solmoqda. Gap kompyuter yovuz dasturchilari,
hakkerlar xaqida ketmoqda. Mo’may daromad topmoq ilinjida yoki ko’ngil
xushlik uchun yaratilayotgan zararli
kompyuter dasturiy ta’minotlari ayni hakkerlar tomonidan yaratiladi. Ularning
buzg’unchi dasturlari dunyo iqtisodiyotiga yiliga milliyonlab xattoki
milliardlab dollar zarar yetkazadi. Bunday dasturlarga qarshi choralar xam yo’q
emas. Ammo kompyuter texnologiyalari rivojlanishi bilan mutanosib ravishda viruslarning yangi-yangi
turlari dunyo yuzini ko’rmoqda. Shu o’rinda biz Diplom loyihamizda, kompyuterning
zararli dasturiy ta’minotlari ularni aniqlash usullari , ularni turlarga
ajratish metodikasi, ulardan ximoyalanish va
ularga qarshi chora tadbirlar ko’rish kabi dolzarb mavzularni ko’rib chiqamiz.