Kirish



Kirish

Insoniyt yaralibdiki, yovuzlik va ezgulik, oq va qora , tun va kun  kabi so’zlarning moxiyati xayot falsafasini tashkil etib keladi. Fan texnikaning inqilobi anchagina ildamlab ketgan zamonda yashayapmiz ekan, texnika bilan birgalikda “ezgulik- yovuzlik ” tushunchalari xam takomillashib borar ekan. Fan texnika olamida “sayr” qilib yurgan “kurmak” lar yoki “yovuz” lar xozirgi kunda dunyoning ko’pgina kompaniyalari, korporatsiyalariyu  banklariga jiddiy xavf solmoqda. Gap kompyuter yovuz dasturchilari, hakkerlar xaqida  ketmoqda.  Mo’may daromad topmoq ilinjida yoki ko’ngil xushlik uchun  yaratilayotgan zararli kompyuter dasturiy ta’minotlari ayni hakkerlar tomonidan yaratiladi. Ularning buzg’unchi dasturlari dunyo iqtisodiyotiga yiliga milliyonlab xattoki milliardlab dollar zarar yetkazadi. Bunday dasturlarga qarshi choralar xam yo’q emas. Ammo kompyuter texnologiyalari rivojlanishi bilan  mutanosib ravishda viruslarning yangi-yangi turlari dunyo yuzini ko’rmoqda. Shu o’rinda biz Diplom loyihamizda,  kompyuterning  zararli dasturiy ta’minotlari ularni aniqlash usullari , ularni turlarga ajratish metodikasi, ulardan ximoyalanish va  ularga qarshi chora tadbirlar ko’rish kabi  dolzarb mavzularni ko’rib chiqamiz.