Kirish
Inson
turmush tarzining rivojlanishi yangi yangi kashfiyotlarning yartilishiga
sabab bo`lmoqda. Inson yangilik yaratilish jarayonida har xil to`siqlarga duch
keladi va shu to`siqlarni yengish jarayonida yangi ixtirolar vujudgal
kelaveradi. Lekin hayot tajribalardan ma’lumki, ko`pinch yangi kashfiyot ma’lum
bir muommoni hal qilish jarayonida yuzaga keladi. O’zbekiston mustaqillikka
erishgandan so’ng uning oldida iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish uchun, madaniy
va ma’naviy yangilanish uchun keng yo’llar ochildi. Mustaqillikning birinchi
kunidan boshlab bozor iqtisodiyoti, ishlab chiqarish, zamonaviy texnalogiyani
tadbiq etish va jahon iqtisodiy aloqalari tizimiga kirishning eng maqbul
yo’llarini qidirish bilan bog’liq bo’lgan muammolarni mustaqil yechishga
to’g’ri keladi.
Shu bois respublikaning barcha
sohalarini texnik qayta qurollantirish, zamonaviy texnika va texnalogiya
bilanta’minlash hamda xalqaro zamonaviy talablarga javob beruvchi
telekommunikasiyali va kompyuterli aloqa tizimini rivojlantirish dolzarb
masalalardan biri bo’lib qoldi. 1991 – 1994 yillarda O’zbekiston hamdos’tlik
davlatlari orasida birinchilardan bo’lib axborotlashning yaxlit davlat
siyosatini amalgam oshirishga asos soldi. “Axborotlash haqida”gi, “EHM uchun
dastur va ma’lumotlar bazasini huquqiy himoyasi haqidagi”, “Aloqalar haqidagi”
qonunlar bilan O’zbekiston Respublikasini 2010 yilgacha axborotlash, qayta
qurishning milliy dasturi va
telekommunikasion tarmoqni rivojlanishining normative huquqiy asoslari
yaratildi va axborot resurslari rivojlanishi uchun iqtisodiy, tashkiliy
shart-sharoit va kafillik ta’minlandi.
O’bekiston uchun mulkchilikning
hususiy va aralash shakllariga o’tish,
energatik, xomashyoviy resurslaridan unumli foydalanish davrida kompyuter
texnologiyalaridan milliy iqtisodni boshqarishda foydalanish toboro muhim
bo’lib bormoqda. 1993 – 1995
yillarda davlat boshqaruvi va bank muassasalarining informasion tizimlarini
kompyuterlashtirishga asosiy etibor beriladi. Biz kompyuterni yaratilishini XX – asrning buyuk
kashfiyotlardan biri desak
yanglishmaymiz. Davr talabiga ko`ra bugunga kelib kompyuter texnalogiysi juda
rivojlanib ketdi. Ma’lumotlarni boshqarish, ayniqsa, hozirgi kunda juda muhum
axamiyat kasb etmoqda. Ma’lumotlarni boshqarish tizimlariga bo`lgan talab kun
sayin ortib bormoqda.
Fan va texnika
rivojlanib borayotgan ayni payitda ma’lum bir sohada ishni boshlash va uni
boshqarishni axborot texnalogiyalarsiz, jumladan kompyuter texnalogiyalarsiz
tasavvur qilib bo`lmaydi.
Bugungi kunda
mustaqil Respublikamizda ta’lim sohasida tub islohatlar amalga oshirilmoqda.
“Kadirlar tayorlash milliy dasturi” da “kadirlar istiqbollardan, jamiyat
extiyojidan, fan, madaniyat, texnika va texnalogiyalarning zamonaviy
yutuqlardan kelib chiqqan holda qayta qurish nazarda tutiladi” deb takitlangan.