Kirish
Inson turmush tarzining
rivojlanishi yangi yangi kashfiyotlarning yartilishiga sabab bo`lmoqda. Inson
yangilik yaratilish jarayonida har xil to`siqlarga duch keladi va shu
to`siqlarni yengish jarayonida yangi ixtirolar vujudgal kelaveradi. Lekin hayot
tajribalardan ma’lumki, ko`pinch yangi kashfiyot ma’lum bir muommoni hal qilish
jarayonida yuzaga keladi. O’zbekiston mustaqillikka erishgandan so’ng uning
oldida iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish uchun, madaniy va ma’naviy yangilanish
uchun keng yo’llar ochildi. Mustaqillikning birinchi kunidan boshlab bozor
iqtisodiyoti, ishlab chiqarish, zamonaviy texnalogiyani tadbiq etish va jahon
iqtisodiy aloqalari tizimiga kirishning eng maqbul yo’llarini qidirish bilan
bog’liq bo’lgan muammolarni mustaqil yechishga to’g’ri keladi.
Shu bois respublikaning
barcha sohalarini texnik qayta qurollantirish, zamonaviy texnika va texnalogiya
bilanta’minlash hamda xalqaro zamonaviy talablarga javob beruvchi
telekommunikasiyali va kompyuterli aloqa tizimini rivojlantirish dolzarb
masalalardan biri bo’lib qoldi. 1991 – 1994 yillarda O’zbekiston hamdos’tlik
davlatlari orasida birinchilardan bo’lib axborotlashning yaxlit davlat
siyosatini amalgam oshirishga asos soldi. “Axborotlash haqida”gi, “EHM uchun
dastur va ma’lumotlar bazasini huquqiy himoyasi haqidagi”, “Aloqalar haqidagi”
qonunlar bilan O’zbekiston Respublikasini 2010 yilgacha axborotlash, qayta
qurishning milliy dasturi va
telekommunikasion tarmoqni rivojlanishining normative huquqiy asoslari
yaratildi va axborot resurslari rivojlanishi uchun iqtisodiy, tashkiliy
shart-sharoit va kafillik ta’minlandi.
O’zbekiston uchun
mulkchilikning hususiy va aralash
shakllariga o’tish, energatik, xomashyoviy resurslaridan unumli
foydalanish davrida kompyuter texnologiyalaridan milliy iqtisodni boshqarishda
foydalanish toboro muhim bo’lib bormoqda. 1993 – 1995 yillarda davlat boshqaruvi va bank
muassasalarining informasion tizimlarini kompyuterlashtirishga asosiy etibor
beriladi. Biz
kompyuterni yaratilishini XX – asrning buyuk kashfiyotlardan biri desak yanglishmaymiz. Davr talabiga ko`ra
bugunga kelib kompyuter texnalogiysi juda rivojlanib ketdi. Ma’lumotlarni
boshqarish, ayniqsa, hozirgi kunda juda muhum axamiyat kasb etmoqda.
Ma’lumotlarni boshqarish tizimlariga bo`lgan talab kun sayin ortib bormoqda.
Fan va
texnika rivojlanib borayotgan ayni payitda ma’lum bir sohada ishni boshlash va
uni boshqarishni axborot texnalogiyalarsiz, jumladan kompyuter
texnalogiyalarsiz tasavvur qilib bo`lmaydi.
Bugungi
kunda mustaqil Respublikamizda ta’lim sohasida tub islohatlar amalga
oshirilmoqda. “Kadirlar tayorlash milliy dasturi” da “kadirlar istiqbollardan,
jamiyat extiyojidan, fan, madaniyat, texnika va texnalogiyalarning zamonaviy
yutuqlardan kelib chiqqan holda qayta qurish nazarda tutiladi” deb takitlangan.