1.2 Algoritmni tavsiflash usullari
Algoritm so'zlar, matematik formulalar, algoritmik tillar, geometrik tarhlar
(sxemalar), dasturlash tillari va boshqalar yordamida tavsiflanadi.
Algoritmning so'zlar yordamida berilishiga, tavsiflanishiga misol tariqasida
liftda kerakli qavatga ko'tarilish algoritmini keltirish mumkin. Bu quyidagicha
ketma-ketlikda bajariladi:
1. Liftga kiring.
2. Kerakli-qavat tartib soniga mos tugmachani
bosing.
3. Liftni harakatga keltiring.
4. Lift to'xtashini kuting.
5. Lift eshigi ochilgandan keyin undan chiqing.
Algoritm
matematik formulalar yordamida tavsiflanganda har bir qadam aniq formulalar
yordamida yoziladi. Misol tariqasida

kvadrat
tenglama yechimlari bo'lmish xv x2 ni aniqlash
algoritmini ko'rib chiqaylik.
1. a, b, с koeffitsiyentlar
qiymatlari berilsin.
2. D = b2—4ac diskriminant hisoblansin.
3. D < 0 bo'lsa, tenglamaning haqiqiy yechimlari yo'q. Faqat
haqiqiy ildizlar izlanayotgan bo'lsa, masala hal bo'ldi.
4. D = 0 bo'lsa, tenglama ikkita bir-biriga teng, ya'ni karrali
yechimga ega bo'ladi va ular formulalar bilan hi-soblanadi. Masala hal bo'ldi.
5. D > 0 bo'lsa, tenglama ikkita haqiqiy yechimga ega, ular

formulalar
bilan hisoblanadi. Ya'ni masala hal bo'ldi.
Shunday
qilib, kvadrat tenglamaning haqiqiy yechim-larini aniqlashda:
1. «Tenglamaning haqiqiy yechimlari yo'q» matm
2. «Tenglama karrali yechimga ega, x= x2» matni va xv
x2 ning qiymatlari;
3. «Tenglama ikkita yechimga ega» matni, xx va
x2 ning qiymatlari natijalar bo'ladi.
Algoritmik tillar — algoritmni bir ma'noli tavsiflash
imkonini beradigan belgilar va qoidalar majmuidir. Har qanday tillardagidek
ular ham o'z alifbosi, sintaksisi va semantikasi bilan aniqlanadi.
Bizga o'rta maktabdan ma'lum bo'lgan (akademik A. P. Yershov rahbarligida
yaratilgan) EHMsiz algoritmlashga mo'ljallangan algoritmik tizim
algoritmik tilning namunasidir. Algoritmik tilga misol sifatida yana
algoritmlarni belgili operatorlar tizimi shaklida tavsiflashni ham ko'rsatish
mumkin. Bu tillar odatdagi tilga o'xshash bo'lib, EHMda bevosita bajarishga mo'ljallanmagan.
Ulardan maqsad algoritmni bir xil shaklda va tushunarli qilib, tahlil qilishga
oson qilib yozishdir.
Algoritmlarni geometrik tarhlar yordamida tavsiflash ko'rgazmali va, shu
sababli tushunarliroq bo'lgani uchun ko'p qo'llaniladi. Bunda xar bir o'ziga
xos operatsiya
alohida
geometrik shakl (blok) bilan tavsiflanadi va ularning bajarilish tartibi, ular
orasidagi ma'lumotlar uzatili-shi va yo'nalishi bloklarni bir-biri bilan
ko'rsatkichli to'g'ri chiziqlar yordamida tutashtirib ko'rsatiladi.
Algoritmning geometrik tarhiga uning bloktarhi
(blok-sxemasi)
deyiladi.
Bloklarga mos geometrik shakllar, ularning o'lchamlari va ular yordamida
bloktarhlarni chizish qoidalari davlat standartlarida berilgan. 1-jadvalda eng
ko'p ishlatiladigan bloklar shakli va ularning ma'nosi keltirilgan. Bu davlat
standartlariga ko'ra bloklarni tutashtiruvchi to'g'ri chiziq yozuv tekisligiga
vertikal yoki gorizontal holatda bo'lishi kerak, ya'ni ularni og'ma chiziqlar
bilan tutashtirish taqiqlanadi. Bloklarni bajarish tabiiy yozish tartibida
bo'lsa, ya'ni yuqoridan pastga yoki chapdan o'ngga bo'lsa, tutashtiruvchi
chiziq ko'rsatkichsiz bo'lishi mumkin.
Boshqa barcha hollarda ma'lumot oqimi yo'nalishini ko'rsatuvchi ko'rsatkich
qo'yilishi shart. Blokning tartib soni tutashtiruvchi chiziqdan chapga, alohida
ajratilgan bo'sh joyga qo'yiladi. Chiziqning birlashgan joyi yirikroq nuqta
yordamida ko'rsatiladi. Blokda ko'zda tutilgan operatsiya uning ichiga yozib
qo'yiladi. Tarhlar davlat ?' standarti formatlarida bajariladi.
Amalda yechiladigan masalalar va demak, algoritmlar turlari ham juda ko'p
bo'lishiga qaramasdan ular asosan besh xil: chiziqli, tarmoqlanuvchi, siklik,
iteratsion va cheksiz takrorlanuvchi shakllarda bo'ladi deb aytish mumkin.
Agar murakkab masalalar algoritmlarining bloktarhini bir bino desak, bu
tuzilishdagi algoritmlar uni tashkil qiluvchi rom, g'isht, to'sin, ustun va
boshqalarni ifodalaydi deb aytish mumkin. Har qanday murakkab bino ana shu
ashyolardan qurilganidek, murakkab algoritmlar ham yuqoridagidek tarhlardan
tuziladi. Aslida oxirgi uchta tuzilishdagi algoritmlarni bitta nom bilan
takrorlash algoritmlari deb atash mumkin. Ammo ularning har biri o'ziga xos
bo'lganligi uchun alohida nomlanadi.